22:46 / 08.07.2024
156

Kashmirdagi g‘alayonda 2 hind askari va 6 isyonchi halok bo‘ldi

Kashmirdagi g‘alayonda 2 hind askari va 6 isyonchi halok bo‘ldi
Foto: AFP
Kashmirda Hindiston hukumatiga qarshi ko‘tarilgan g‘alayon oqibatida ikki nafar hindistonlik askar hamda 6 isyonchi halok bo‘lgan. Bu haqda Kashmir politsiyasi bergan ma’lumotlarga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Politsiya xabariga ko‘ra, Hindiston nazoratidagi Kashmirning ikkita hududida qurolli hujum yuz bergan. Isyonchi guruhlar hind harbiy qismlariga o‘q uzgan. Hozirda Kashmirning butun hududi bo‘ylab vaziyat yomonlashgani aytilgan.

Eng yirik norozilik harakatlari Kulgam tumanida ro‘y bergan. Hindiston armiyasi bu tumandagi harakatlarni bostirish uchun ikkita maxsus operatsiya tashkil etgan.

Kashmir politsiyasi bosh inspektori Vidhi Kumar Birdi 7 iyulda yuz bergan tartibsizliklarda 2 hind askari halok bo‘lganini tasdiqlagan. Ayni paytda Birdi, Modergram va Frisal Chinnigam hududlarida hukumat va isyonchilar o‘rtasida otishmalar davom etayotgani ma’lum qilingan.

Biz Modergramdan ikki terrorchining, Frisal Chinnigamdan yana to‘rt isyonchining jasadini olib chiqdik”, degan politsiya inspektori.

Kashmir mintaqasida Hindiston hukumatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik harakatlari 1980 yillar oxirida boshlangan. Bu esa Nyu-Dehlining hududda milliy siyosat yurgizishni boshlashi bilan bog‘liq. So‘nggi 40 yildagi teraktlar oqibatida Kashmirda 10 minglab fuqarolar halok bo‘lgani aytiladi.

2019 yilning avgust oyida mamlakat bosh vaziri Narendra Modi Kashmirni alohida maqomdan mahrum qildi. Buning oqibatida Kashmir avtonom huquqidan ham, alohida konstitutsiyasidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Bunga javoban Kashmirdagi musulmon jamoalar Dehli hukumatini millatchilikda aybladi. Kashmir bo‘ylab noroziliklar to‘lqini ko‘tarildi.

Ushbu voqealardan so‘ng Hindistonga qarshi kayfiyat yuqori bo‘lgan Kashmirda xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirildi. Mintaqa deyarli to‘liq harbiylashtirildi.

Hindiston hukumati Kashmirda ko‘tarilgan norozilik namoyishlari va isyonlarda muntazam ravishda Pokistonni ayblab keladi. Isyonchilar Islomoboddagi manbalardan pul va qurol olishini iddao qiladi. Pokiston bu boradagi o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kashmirdagi g‘alayonda 2 hind askari va 6 isyonchi halok bo‘ldi
ePN