20:00 / 11.07.2024
223

NATO Rossiyaning Ukrainaga hujumida Xitoyni “sherik” deb atadi

NATO Rossiyaning Ukrainaga hujumida Xitoyni “sherik” deb atadi
Foto: APF
NATOning Vashingtondagi yubiley sammitida birinchi marta alyansning barcha 32 ittifoqchisi Xitoyni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan asosiy sherigi deb atadi.

Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga hissa qo‘shadigan hal qiluvchi omilga aylandi. Xitoyning qo‘llab-quvvatlashi Rossiyaning Yevro-Atlantika xavfsizligiga tahdidini oshiradi”, deydi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Stoltenbergga ko‘ra, ittifoqchilar Yevropadagi yirik mojaroga hissa qo‘shishi Pekinning manfaatlari va obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmasligini ma’lum qilgan.

U, shuningdek, NATO ittifoqchilari tez orada Hind—Tinch okeani mintaqasidagi to‘rtta hamkorlar va Yevropa Ittifoqi bilan uchrashishini, shuningdek, umumiy muammolarni hal qilish uchun hamkorlikni chuqurlashtirishda davom etishini ta’kidlagan.

Pekin NATO hujjatlarida mamlakatning tahdid sifatida qayd etilishiga qarshi chiqqan va alyansni asossiz ayblovlarni to‘xtatishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO Rossiyaning Ukrainaga hujumida Xitoyni “sherik” deb atadi