date
views 111

AQSH prezidenti Ukraina uchun 225 mln dollarlik yangi yordam paketi ajratdi

AQSH prezidenti Ukraina uchun 225 mln dollarlik yangi yordam paketi ajratdi
Foto: Reuters
AQSH Ukraina uchun 225 million dollarlik yangi yordam paketi ajratgan. Bu haqda Oq Uy tarqatgan xabarga asoslanib, Reuters nashri xabar berdi.

Yangi harbiy paket ajratilishi Ukraina rahbari Zelenskiyning AQSHga tashrifi doirasida e’lon qilingan. NATO sammiti doirasida yig‘ilgan G‘arb hukumatlari rahbarlari Kiyevga yordam davom ettirilishini ma’lum qilishgan.

Qo‘shma Shtatlar rahbariyati 11 iyul kuni e’lon qilgan hisobotda Ukraina uchun atalgan paketning tafsilotlari oshkor qilingan. Unga ko‘ra, navbatdagi yordam to‘plami Patriot raketa batareyalari, yuqori harakatchan artilleriya va raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar va boshqa texnik jihozlarni o‘z ichiga oladi.

Vashingtondagi sammit oldidan Zelenskiy va Bayden uchrashuvi o‘tkazilgan. Unda AQSH rahbari kichik hajmli ta’minot paketlari har oy muntazam ravishda Kiyev uchun ajratilishiga va’da bergan. Hozirchalik Oq Uy faqat texnik jihozlar yetkazib berishi, strategik qurollar jo‘natish borasida esa muhokamalar davom etayotgani bildirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington 2022 yildan beri Kiyevga 50 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgan. 2024 yilning qishi davomida esa bu yordam bir necha oyga to‘xtadi. Oqibatda esa Kiyevning zaxira qurollarida taqchillik yuzaga keldi.

Qurol zaxirasini to‘ldirishga uringan Ukraina bir necha bor NATO rahbariyatiga murojaat bilan chiqqan edi. Joriy yilning aprel oyida AQSH Zelenskiyning talabini qondirib, Ukraina uchun 61 milliard dollarlik paket ajratgan.

Biz siz bilan qolamiz. Kiyevni qo‘llash oxirigacha davom etadi”, — degan Bayden Zelenskiy bilan so‘nggi uchrashuvi chog‘ida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidenti Ukraina uchun 225 mln dollarlik yangi yordam paketi ajratdi