date
views 128

Avstraliyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblangan er-xotin hibsga olindi

Avstraliyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblangan er-xotin hibsga olindi
Foto: Avstraliya Federal politsiyasi
Avstraliyada 11 iyul kuni rus millatiga mansub er-xotin Moskva foydasiga josuslik qilishda ayblab, hibsga olindi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, er-xotin mamlakat harbiylari va harbiy inshootlari to‘grisidagi maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Keyinchalik bu ma’lumotlarni rus maxsus xizmatlariga topshirishni reja qilgan.

Avstraliya Federal politsiyasi va xavfsizlik razvedka tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, er-xotin Avstraliyada 10 yildan ko‘proq vaqt davomida yashab kelgan. 11 iyul kuni ular Brisbenning shimoliy chekkasida joylashgan Everton Park shaharchasidagi uylarida hibsga olingan.

Hibsga olingan 40 yoshli ayol Avstraliya armiya oddiy askari bo‘lgan. U avval Avstraliya Mudofaa kuchlarida bir necha yil davomida axborot tizimlari bo‘yicha texnik bo‘lib faoliyat yuritgan.

Ayol 2016 yilda Avstraliya fuqaroligini olgan. Uning rossiyalik eri, 62 yoshli yakka tartibdagi ishchi esa 2020 yilda mamlakat fuqaroligini qabul qilgan.

Bu shaxslar Avstraliyaning milliy xavfsizlik manfaatlariga aloqador bo‘lgan Mudofaa kuchlari materiallariga kirish uchun birgalikda ishlab, til biriktirgan”, — deyiladi mahalliy politsiya hisobotida.

Manbaga ko‘ra, hibsga olingan ayol o‘tgan yili harbiy xizmatdan ta’tilda bo‘lgan paytida Avstraliya hukumatiga xabar bermasdan Rossiyaga jo‘nab ketgan. O‘zining ishchi akkauntini esa harbiy sohaga umuman aloqasi bo‘lmagan eriga qoldirib ketgan.

Er-xotin maxfiy ma’lumotlarni rus maxfiy agentlariga topshirgani borasida hozircha ma’lumot yo‘q. Agar bu xabar tasdiqlansa, ayblanuvchilar josuslik ayblovi bo‘yicha hukm qilinishi mumkin.

Avstraliyada josuslarga qarshi qonun 2018 yilda qabul qilingan. Ushbu qonunga ko‘ra, josuslikka tayyorgarlik uchun 15 yil hamda o‘zga mamlakatga ma’lumotlar uzatganlik uchun 25 yilgacha jazo tayinlanishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblangan er-xotin hibsga olindi