Astraxanda giyohvand moddalardan ommaviy zaharlanish ishi bo‘yicha ayblangan o‘zbekistonlik 20 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish112
Astraxanda giyohvand moddalardan ommaviy zaharlanish ishi bo‘yicha ayblangan o‘zbekistonlik 20 yilga qamaldi
Foto: “RIA Novosti”
Astraxanda O‘zbekiston fuqarosi giyohvand moddalardan ommaviy zaharlanish ishi bo‘yicha aybdor deb topilib, 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Kirov sudi bergan ma’lumotga asoslanib, “RIA Novosti” nashri xabar berdi.

Kirov sudi O‘zbekiston fuqarosini o‘tgan yilning kuzida yuz bergan giyohvand moddalardan ommaviy zaharlanish holati bo‘yicha aybdor deb topgan. Ayblanuvchiga nisbatan uzoq muddatga qattiq tartibli koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash hukmi chiqarilgan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Astraxan viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati ayblanuvchi va uning sheriklari haqida ma’lumot taqdim etgan. Hukm chiqarilgan o‘zbekistonlik shaxs 23 yoshda ekani aytilgan.

“To‘plangan dalillar sud tomonidan 23 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-1-moddasi 4-qismida keltirilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Ayblanuvchi ushbu bandda keltirilgan giyohvand moddalarni uyushgan guruh tomonidan ko‘p miqdorda sotish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismida keltirilgan ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lishi, jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ehtiyotsizlik tufayli salomatlikka jiddiy zarar yetkazish bandlari bo‘yicha javobgar deb belgilangan”, deyiladi sud xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, 2023 yilning noyabr oyida 14 fuqaro og‘ir zaharlanish belgilari bilan Astraxan kasalxonalariga olib kelingan. Bemorlarning 3 nafari giyohvand moddalardan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Bir kishining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilgan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining viloyat bo‘yicha matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mahkum giyohvand moddalarni noqonuniy tarzda internet orqali sotib olgan. Ayblanuvchi narkotik moddani ehtiyotsizlik oqibatida kuchli sintetik modda bilan aralashtirib yuborgan. Bu vositani sotib olganlarning barchasida salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Erkakning yashash joyida tintuv o‘tkazilganda 300 gramm miqdorida giyohvandlik moddasi topilgan.

Yigit narkotik modda savdosi bilan shug‘ullanadigan guruh a’zosi bo‘lgani aniqlangan. Guruhning qolgan a’zolariga nisbatan jinoyat ishi alohida protsesga ajratilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?