20:00 / 15.07.2024
282

Argentinalik deputat: “AQSH ortiq dunyoni boshqarmaydi”

Argentinalik deputat: “AQSH ortiq dunyoni boshqarmaydi”
Foto: Getty Images
Qo‘shma Shtatlar endi dunyoni boshqarmaydi, ular qanchalik xohlamasin, dunyo allaqachon ko‘p qutbli bo‘lib qoldi, deya argentinalik deputat Daniel Golyan fikr bildirdi.

"AQSH xohlaydimi yoki yo‘qmi, ko‘p qutbli dunyo mavjud. Men Jo Baydenning AQSHni va dunyoni boshqarishda davom etish uchun yetarli aqli borligini aytganini eshitdim. Ular dunyoni boshqaryapman deb hisoblashadi, biroq haqiqat bunday emas", deydi deputat jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi va patentlarning asosiy qismiga ega bo‘lgan 20 ta texnologiya kompaniyasidan 13 tasi Xitoy, ikkitasi yapon, bittasi koreys va faqat to‘rttasi amerikalik kompaniyalardir.

"AQSH texnologiya urushida yutqazmoqda, jahon savdosi uchun kurashda mag‘lub bo‘lmoqda va ular dunyo allaqachon ko‘p qutbli bo‘lib qolganini, endi ular dunyoda xohlagan narsani qila olmasligini tushunishmayapti", deya qo‘shimcha qilgan Golyan.

Deputatga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar muvaffaqiyatsizligining oldini olishga harakat qilib, katta ehtimol bilan, masalan, Tayvan atrofida yangi harbiy mojaroni boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Argentinalik deputat: “AQSH ortiq dunyoni boshqarmaydi”