12:12 / 17.07.2024
0

Peruda yo‘lovchilari bor avtobus 200 metr balandlikdan qulab tushdi (video)

Peruda yo‘lovchilari bor avtobus 200 metr balandlikdan qulab tushdi (video)
Peruda 16 iyul kuni yo‘lovchi avtobusi 200 metr balandlikdan qulashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, halokatga uchragan avtobus Peru poytaxti Limadan janubdagi Ayakucho shahriga ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kichik ehtiyotsizlik oqibatida avtobus burilish joyida yo‘ldan chiqib ketib, jarga qulagan.

Yuz bergan hodisa yuzasidan Ichki ichlar vazirligi jinoiy ish qo‘zg‘atgan va qutqaruv guruhlarini jalb etgan. Harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘li hududda bedarak yo‘qolganlar izlanayotgani bildirilgan.

Voqea oqibatida 13 kishi tan jarohati olgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, yaqin atrofdagi kasalxonaga olib ketilgan.

So‘nggi bir necha yil ichida Peruning tog‘li yo‘llarida bir nechta halokatli hodisalar kuzatilgan. Yo‘llarning talabga javob bermasligi, xavfli burilishlarning ko‘pligi halokatlarning asosiy sababi bo‘lgan.

2021 yil aprel oyida ham Peruning Ankash departamentida, Limadan taxminan 180 kilometr uzoqlikda avtobus halokati yuz bergan edi. Unda 20 kishi halok bo‘lgan va 14 kishi jarohatlangan.

2022 yil fevral oyida esa Peru shimolidagi Pataz provinsiyasida avtobus halokatga uchragan. Taxminan 100 metr balandlikdan qulagan avtobus ichida qolib ketgan 20 kishi halok bo‘lgan. 33 kishi jarohat olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peruda yo‘lovchilari bor avtobus 200 metr balandlikdan qulab tushdi (video)