13:50 / 17.07.2024
194

Kiyev harbiy harakatlarni to‘xtatib, Moskva bilan muzokaralar boshlashga hozirlik ko‘rmoqda

Kiyev harbiy harakatlarni to‘xtatib, Moskva bilan muzokaralar boshlashga hozirlik ko‘rmoqda
Foto: Topwar
Ukraina rasmiylari harbiy harakatlarni to‘xtatib, Moskva bilan muzokaralar boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda New York Times manbasi tarqatgan xabarga asoslanib, Topwar manbasi ma’lum qildi.

Manbada aytilishicha, Kiyev Rossiya bilan tinch muzokaralar orqali jangovar harakatlarni tugatishni rejalashtirmoqda. Mamlakat hukumati allaqachon mojaroni to‘xtatuvchi rejani ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda.

Ukraina kelishuvlarda mamlakat manfaatlari inobatga olinadigan masalalarni muhokamaga kiritishga qaror qilgan. Ammo frontdagi chigal vaziyat tufayli Kiyevning talablari inobatga olinmasligi mumkin.

Ikki yildan ortiq davom etgan harbiy mojaro sharoitida Ukraina o‘z muvaffaqiyatiga ishonchini deyarli to‘la yo‘qotgan. Mamlakat endilikda mudofaani tashkil etishga ham qiynalmoqda. Hujum qobiliyati esa qoniqarsiz darajaga tushib qolgan.

Amerikalik tahlilchilar frontdagi jiddiy yo‘qotishlar Ukraina harbiylarini prezidentga bosim o‘tkazishga undagan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. Chunki shu paytga qadar Zelenskiy hukumati barcha yo‘qotilgan hududlar, jumladan, Qrimni ham qaytarib olmaguncha muzokaralarga qaytmasligini aytib kelayotgan edi.

Oldinroq Rossiya rasmiylari Ukraina shartlari asosidagi tinchlik kelishuvini ma’qullamasliklarini ma’lum qilishgan edi. Kreml shuningdek tinchlik masalasidagi har qanday yig‘ilishlarda ishtirok etishdan bosh tortib kelgan.

Ammo endilikda tomonlar o‘zgartirilgan kelishuv bandlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev harbiy harakatlarni to‘xtatib, Moskva bilan muzokaralar boshlashga hozirlik ko‘rmoqda