14:51 / 17.07.2024
68

Medvedev: “Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiya bilan yangi urushga teng”

Medvedev: “Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiya bilan yangi urushga teng”
Foto: “TASS”
Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Ukrainaning NATOga qabul qilinishi Rossiyaga urush e’lon qilish bilan barobar ekanligini ma’lum qilgan. Bu haqda Medvedovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda “TASS” nashri xabar bergan.

Rossiya sobiq prezidentiga ko‘ra, Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Moskvaga qarshi urush e’lon qilish bilan teng bo‘ladi. G‘arbdagi alyans bunday keskinlikdan qochishi kerak va sayyorani “parchalanib ketish”dan asrashi kerak.

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti yetakchilari o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan sammitda Ukrainani to‘liq Yevro-Atlantika integratsiyasiga jalb qilish, jumladan, NATOga a’zo qilish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan. Biroq bu a’zolik qachon yuz berishi masalasi ochiq qolgan.

Dmitriy Medvedev hozirgi paytda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi. Uning jiddiy ohangdagi bayonoti Rossiya nomidan qabul qilinishi mumkin.

Rossiya muxoliflarining ko‘p yillar davomida bizga qarshi olib borayotgan, ittifoqni kengaytirayotgan xatti-harakatlari NATOni oxir-oqibat ortga qaytmas yo‘lga olib boradi”, degan Medvedev.

2008—2012 yillardagi prezidentlik davrida g‘arbparast modernizator sifatida ko‘rilgan Medvedev AQSH va uning ittifoqchilarini Kiyevni qurollantirish “yadro apokalipsisi”ga olib kelishi haqida ogohlantirgan. Bu esa siyosatchining G‘arbdagi qiyofasini tamomila o‘zgartirib yuborgan edi.

So‘nggi intervyusida Medvedev NATOning yangi rahbariyati borasida ham fikr bildirgan. Mark Ryuttening alyans rahbari etib tayinlanishi tomonlarning pozitsiyasi o‘zgarishiga hech qanday ta’sir etmasligini ma’lum qilgan.

Rossiya borasida NATO dasturida hech narsa o‘zgarmaydi, chunki alyansda asosiy qarorlarni NATOga a’zo davlatlar emas, balki bir davlat – AQSH qabul qiladi”, degan Rossiya rasmiysi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev: “Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiya bilan yangi urushga teng”