20:44 / 18.07.2024
106

Anjelina Joli Bred Pittdan unga qarshi da’voni qaytarib olishni so‘radi

Anjelina Joli Bred Pittdan unga qarshi da’voni qaytarib olishni so‘radi
Gollivud yulduzlari 2016 yilda ajrashishga qaror qildi. Shu vaqtdan e’tiboran Anjelina va Bred huquqiy kurashlar olib bormoqda va moliyaviy masalalarda murosaga kelishda qiynalmoqda. Bugun Joli sobiq turmush o‘rtog‘i bilan sudlashishni to‘xtatmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: US Weekly
Aktrisa o‘zining advokati Pol Myorfi orqali Pitt va uning vakillari bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, Anjelina Breddan Chateau Miraval vino zavodi bo‘yicha unga qarshi da’voni bekor qilishni so‘radi. Uch yil avval Joli vino zavodining ma’lum ulushini rossiyalik tadbirkor Yuriy Sheflerga 67 million dollarga sotgan. Bu ish Pittga yoqmagan, chunki dastlab er-xotin o‘z aksiyalarini o‘zaro roziliksiz sotmaslik haqidagi bitimga kelishgan.

Bred Pitt sobiq rafiqasidan unga Chateau Miraval zavodiga tegishli bir nechta hujjatlarni taqdim etishini talab qildi. Bundan tashqari, Pitt so‘zlariga ko‘ra, Joli bosim ostida ularning ajrashishlariga asosiy sabab bo‘lgan samolyotdagi voqea haqida guvohlik olishga harakat qilgan. O‘sha voqeada samolyot bortida aktyor bolalariga qo‘l ko‘targan edi.

Anjelina yana bir bor janob Pittga murojaat qiladi. Joli xonim undan jangni to‘xtatishni va murosaga kelishni so‘raydi. Agar janob Pitt o‘z da’vosini qaytarib olmasa, Joli unga qarshi da’volari yolg‘on ekanligini isbotlash uchun zarur ma’lumotlarni fosh qilishdan boshqa chorasi qolmaydi”, dedi aktrisaning advokati.
Advokat Myorfi so‘zlariga ko‘ra, Bred Anjelinani jazolashga urinmoqda. Sud jarayonini uzaytirish orqali Bred Pitt sobiq rafiqasini nazorat qilish va uni hech narsasiz qoldirishni maqsad qilgan. Ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuv sababli Pitt aslida yolg‘on gapirayotganini Joli isbotlay olmayapti. Ammo Pittning vakili Joli advokatining so‘zlariga izoh berishdan bosh tortdi.

Foto: Page Six
Sobiq er-xotinning oltita farzandi bor: 22 yoshli Meddoks, 20 yoshli Paks, 19 yoshli Zahara, 18 yoshli Shaylo va 15 yoshli Viven va Noks (egizak). Birinchi uch nafar farzand turli yillarda va turli mamlakatlarda asrab olingan. Shaylo, Viven va Noks mashhurlarning biologik farzandlaridir. Bred sobiq rafiqasi bolalarni otasiga qarshi qayramoqda, deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anjelina Joli Bred Pittdan unga qarshi da’voni qaytarib olishni so‘radi