21:39 / 18.07.2024
100

Homiy Baydenning “sharafli” ketishi uchun nutq tayyorladi

Homiy Baydenning “sharafli” ketishi uchun nutq tayyorladi
Foto: Bloomberg
AQSH Demokratik partiyasining asosiy donorlaridan biri prezident Jo Bayden uchun rasmiy nutq tayyorladi, unda u saylov poygasidan “sharaf bilan” chiqishini e’lon qilishi mumkin, deb yozadi Daily Beast.

Nashr yirik homiy tomonidan Jo Baydenga prezidentlik poygasidan munosib chiqib ketishiga imkon berish maqsadida yozilgan “g‘alaba nutqi”ning qoralama versiyasini olgan. Materialda homiyning nomi yoki nutqning bevosita matni oshkor etilmagan, biroq asosiy fikrlar qayd etilgan.

Nutq muallifiga ko‘ra, Bayden Amerikaning “ruhini saqlab qolish” kun tartibidagi asosiy vazifa ekanligini, mamlakat demokratiyasi xavf ostida ekanligini, shu sababli demokrat nomzod saylovda g‘alaba qozonishi kerakligini ta’kidlashdan boshlashi kerak.

Bundan tashqari, Bayden hali ham o‘zining prezidentlik qobiliyatiga ishonishini, ammo ko‘pchilik amerikaliklar bu lavozimda yoshroq siyosatchini ko‘rishni xohlayotgani uchun boshqa nomzodga o‘rnini bo‘shatishga qaror qilganini aytishi kerak.

Alohida ta’kidlanishicha, Bayden G‘azodagi mojaroga barham berish uchun kurashishga va Demokratik partiyadan muqobil nomzodni qo‘llab-quvvatlashga va’da berishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Homiy Baydenning “sharafli” ketishi uchun nutq tayyorladi