16:15 / 19.07.2024
221

Kongressmen: “Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, dunyoga tinchlik qaytadi”

Kongressmen: “Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, dunyoga tinchlik qaytadi”
Foto: molva33.ru
Agar Donald Tramp prezidentlikka qaytsa, dunyoga tinchlik tartiboti qaytadi. Bu haqda amerikalik kongressmen Teylor Grin bergan ma’lumotga asoslanib, “Pravda” nashri xabar berdi.

Teylor Grin faqatgina Tramp xalqaro keskinliklarni to‘xtatishi mumkinligini bildirgan. Uning saylovda g‘alaba qozonishiga umid bildirishini aytib o‘tgan.

Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, tinchlik o‘rnatadi. Men unga ishonaman”, — degan kongressmen.

Siyosatchining fikricha, AQSH sobiq prezidentining o‘z hukmronligi davridagi xalqaro siyosati “a’lo” bo‘lgan. U keskinliklardan qocha olgan va AQSH raqiblari bilan mo‘tadil munosabatda bo‘lgan.

Avvalgi prezidentlik davridan kelib chiqib, AQSH hukumatining ko‘plab vakillari Tramp rahbarligi mamlakatga barqarorlik va tinchlik olib kelishini taxmin qilmoqda. Chunki u sanksiyalar va urushlar, keskinlikka qarshi, AQSHning o‘zi moliyaviy muammolar girdobida turgan bir paytda xorijiy manbalarga katta mablag‘lar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Menimcha, Donald Tramp ajoyib xalqaro siyosat olib borgan. U o‘z vaqtida tinchlik olib kelgan va o‘ylaymanki, bu tinchlikni yana qaytara oladi”, — degan Teylor Grin Respublikachilarning milliy qurultoyi arafasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kongressmen: “Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, dunyoga tinchlik qaytadi”