21:57 / 19.07.2024
77

Ukraina va Britaniya 2,5 mlrd dollarlik mudofaa shartnomasini imzoladi

Ukraina va Britaniya 2,5 mlrd dollarlik mudofaa shartnomasini imzoladi
Foto: Google Images
Ukraina va Buyuk Britaniya mudofaa sohasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. U havo hujumidan mudofaa tizimlari, zirhli transport vositalari va o‘q-dorilarni yetkazib berish, ta’mirlash va qisman ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bu haqda “RBK-Ukraina” prezident devoniga tayanib xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, britaniyalik yetkazib beruvchilar Ukraina bilan 2 milliard funt sterling (2,5 milliard dollardan ortiq) uchun kredit shartnomalari tuzishlari mumkin bo‘ladi. Kelajakda bu miqdor oshirilishi mumkin. Kreditni to‘lash muddati — 15 yil.

Ukraina mudofaa qobiliyatini rivojlantirish uchun rasmiy kredit yordami to‘g‘risidagi kelishuvni Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov va Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili prezident Vladimir Zelenskiy va bosh vazir Key Starmer ishtirokida imzoladi.

Kelishuv tufayli 2026 yilgacha Ukraina mudofaa kuchlarini havo hujumidan mudofaa tizimlari, radar va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlash, texnologiyalarni qo‘lga kiritish hamda artilleriya qurilmalari va zirhli transport vositalari uchun ehtiyot qismlarni qisman ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina va Britaniya 2,5 mlrd dollarlik mudofaa shartnomasini imzoladi