13:38 / 20.07.2024
200

Aldov yo‘li bilan boyimoqchi bo‘lgan Britaniya armiyasi mayori qanday fosh bo‘lgandi?

Internet paydo bo‘lib rivojlana boshlagandan so‘ng televideniye jiddiy raqobatga duch kelmoqda. YouTube, Instagram, TikTok va boshqa shu kabi platformalarda har xil mavzularda turli videolar tinimsiz e’lon qilinayotgan paytda telekanallar yashab qolish uchun qiziqarli ko‘rsatuvlar qilishga majbur bo‘lmoqda.

Turli yutuqlar va pul o‘ynaladigan ko‘rsatuvlar telekanallar reytingini ko‘taruvchi ko‘rsatuvlar hisoblanadi. Shu jumladan, pul yutuqlari o‘ynaladigan turli shoular ham.

Ilk bor 1998 yilda Britaniyadagi ITV (Independent Television) telekanalida paydo bo‘lgan “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” (Who Wants to Be a Millionaire?) ko‘rsatuvi ham yutuqli pul o‘ynaladigan shou hisoblanadi.

Bu ko‘rsatuv ishtirokchisiga 15 ta savol beriladi va har bir savolga to‘rtta javob aytiladi. U to‘g‘ri javobni topsa keyingi savolga o‘tiladi. Ishtirokchi barcha savollar javobini topsa juda katta miqdorda pul yutishi mumkin.

“Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” ko‘rsatuvi ko‘p o‘tmay ommabop shouga aylanadi va dunyoning boshqa davlatlari telekanallari ham uni tashkil etish bo‘yicha litsenziya sotib oladi.

Britaniyada tashkil etilgan ko‘rsatuv ishtirokchisi barcha savollarga to‘g‘ri javob bersa u bir mln funt sterlingga ega bo‘ladi. Ko‘rsatuv ommalashib borar ekan, unda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan ayrimlar g‘irrom va aldov yo‘li bilan yutib ketishga urinadi. Ana shunday shaxslardan biri Britaniya armiyasi mayori Charlz Ingrem bo‘lgan.

Ko‘rsatuvdan kadr
G‘oliblik va g‘irrom o‘yin

2001 yil 9-10 sentyabr kunlari Borxemvud shahridagi Elstree Studios kompaniyasi studiyasida ITV telekanalida namoyish etish uchun “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” ko‘rsatuvining navbatdagi soni suratga olinadi.

Unda qatnashgan Britaniya armiyasi mayori Charlz Ingrem barcha savollarga to‘g‘ri javob topib g‘olibga aylanadi. Oxirgi savol shunday bo‘lgandi:

100 ta nol bilan tugaydigan raqam qanday ataladi?

A: Gugol
B: Megatron
S: Gigabit
D: Nanamol

Charlz “A” javobni belgilaydi va g‘olib bo‘ladi, biroq yutuqqa qo‘yilgan 1 mln funt sterlingni (so‘mda hozirgi kurs bilan 16 mlrd 444 mln bo‘ladi) ololmaydi. Uni g‘irrom o‘ynaganlikda ayblashadi.

Ko‘rsatuvdan kadr
Gap shundaki, o‘yin boshlangach Charlz dastlabki 3-4 ta savolga oson javob beradi. Javob berish jarayonida javoblarini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan izohlaydi.

Biroq qiyin savollar boshlanganda u umuman ojiz qoladi. To‘g‘ri javobni tanlashda ikkilanadi. Shuningdek, boshlovchining nega bu javobni tanladingiz deb bergan savoliga tayinli javob bera olmaydi.

Charz keyingi savollarga amallab javob beradi. Biroq uning tanlovi to‘g‘ri javob bo‘lib chiqaveradi. O‘yin davomida boshlovchi (mashhur Kris Tarrent) unga o‘yinni yetib kelgan joyidan to‘xtatib o‘sha paytgacha yutgan pullarini olishni bir necha bor taklif etadi. Biroq Charlz rad etadi.

Charlz o‘yin davomida o‘zini juda g‘alati tutadi. Shundan so‘ng ko‘rsatuv homiylari, telekanal xodimlari undan shubhalanadi.

Ko‘rsatuvdan kadr
O‘yin tugab unda Charlz g‘olib bo‘ladi. Shundan so‘ng telekanal xodimlari ekspertlar bilan ko‘rsatuvning to‘liq videosini sinchiklab tekshirib ko‘radi. Shunda ular ajablanarli holatga duch keladi.

Charlz har gal variant sifatida berilgan to‘rtta javob orasidan to‘g‘ri javobni o‘qiganda tomoshabinlar orasidan kimdir yo‘taladi. Keyingi savolda boshqa odam.

Tekshiruv davomida Charlz har gal javoblarni o‘qiyotib to‘g‘ri javobga kelganda ikki kishi navbati bilan yo‘talgani ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng zaldan tushirilgan kadrlar orasidan yo‘talgan insonlarni topishadi. Ularning biri ayol, ikkinchisi erkak kishi edi.

Keyingi bosqichda zalga kiritilgan odamlarning ma’lumotlari asosida Charlz to‘g‘ri javobni aytganda yo‘talib turganlar tekshirib ko‘rilganda ayol uning xotini Dayana, erkak esa uning sherigi Tekven Uittok ekani oydinlashadi.

Ko‘rsatuvdan kadr
Sud va Charlzning mag‘lubiyati

Telekanal xodimlari ko‘rsatuvning to‘liq tasvirlarini ko‘rib chiqishgach Charlz xotini va sherigi bilan tayyorgarlik ko‘rgan, g‘irromlik bilan o‘yinni yutgan deb topishadi. Biroq buni sud ham tasdiqlashi kerak edi.

Telekanal Charlz, uning xotini va sherigini sudga beradi. Sud bir necha hafta davom etadi va mayor hamda uning xotini firibgarlik qilgan deb topiladi.

Sud davomida Charlzning xotini Dayana avval ham yutuq o‘ynaladigan shoularda ishtirok etgani va akasi Edrian Pollok yordamida g‘irrom o‘ynab pul mukofoti yutgani aniqlanadi.

O‘sha shoularning birida Edrian Dayanaga, keyingi safar aka shouda qatnashganda singil unga yordam bergan bo‘lib chiqadi. Shu tariqa aka va singil bir necha o‘n ming funt sterling yutib oladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Charlzni “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” ko‘rsatuvida qatnashishga xotini undagan va yordam berishini aytgan ekan.

Sud Charlzni avvaliga yutuqdan mosuvo etadi. So‘ng er-xotinga 2 yildan shartli qamoq jazosi berib, ularga 115 ming funt sterling jarima ham soladi.

Charlzning omadsizligi shu bilan tugamaydi. U sudlangandan so‘ng Armiya kengashi undan mayor unvonini tortib oladi.

Charlz sud hukmidan norozi bo‘lib apellyatsiya beradi. Biroq 2004 yil 19 may kuni sud jarimani biroz kamaytiradi. Biroq jinoyat ishi yopilmaydi va shartli qamoq jazosi saqlanib qoladi.

Charlz yana apellyatsiya beradi. Bu safar Lordlar palatasi uning shikoyatini rad etadi. Shundan so‘ng u Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qiladi.

Yevropa sudi Charlzning jarimasini 25 ming, Dayananikini 5 ming funt sterlinggacha kamaytiradi. Biroq shartli qamoq jazosini bekor qilmaydi. Suddan yuborilgan xabarnomada Charlz va uning xotiniga belgilangan jazoni bekor qilish uchun asos yo‘qligi yozilgan edi.

Charlz va uning xotini sudlangan 2003 yilda Dayana yana bir jinoyat ishi bo‘yicha javobgar bo‘ladi. U sug‘urta kompaniyasini chuv tushirganlikda va kompaniya mablag‘ini o‘zlashtirganlikda ayblanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1990-yillar boshlarida ayol uyini sug‘urta qiladi. Sug‘urta xizmatlari orasida uydan yo‘qoladigan buyumlarning pulini to‘lab berish bo‘yicha ham shartnoma bo‘lgan. Shundan so‘ng Dayananing uyidan turli narsalar tez-tez yo‘qolavergan va ayol ular uchun tovon pullarini olgan.

Shu tariqa, 1991 yildan 1997 yilgacha sug‘urta kompaniyalaridan biri ayolga ancha pul to‘lagan. Biroq oxirida bu ish ham mojaro bilan yakun topadi.

Gap shundaki, so‘nggi marta sug‘urta kompaniyasidan yo‘qolgan narsa uchun 9 ming funt sterling olgan ayol o‘ziga to‘langan pullarni kam deb hisoblaydi. Kompaniyadan 30 ming funt sterling talab qiladi va undirib oladi.

Dayana va uning eri “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” ko‘rsatuvidan keyin firibgarlikda ayblangach bu ish shov-shuv bo‘ladi. Shunda er-xotinning firibgarligidan xabar topgan sug‘urta kompaniyasi ham Dayanani sudga beradi.

Dayana Ingrem sud zalida
Ayol sug‘urta kompaniyasidan pul undirish uchun uyidagi narsalarni ongli ravishda yashirganlikda ayblanadi. Sud Dayanani aybdor deb topadi va sug‘urta kompaniyasidan olgan pullarni qaytarish haqida hukm chiqaradi.

Jazodan keyingi hayot va hind adibining asari

Shartli qamoq jazosi tugagandan so‘ng Ingrem xotini Dayana va uch nafar qizi bilan Isterton shahrida yashay boshlaydi. Sudlangandan bir yil o‘tib er-xotin o‘zlarini bankrot deb e’lon qiladi.

Ingrem 2010 yilda hovlisidagi chimni o‘rish paytida ehtiyotsizlik qiladi va qo‘lidagi uch barmog‘idan ayriladi.

2005 yilda hindistonlik adib Vikas Svarup Ingremning tarixini o‘qib qoladi va “Savol-Javob” deb nomlangan asar yozadi. 2008 yilda rejissyorlar Denni Boyl va Lavlin Tandon mazkur asar asosida “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” filmini suratga oladi.

Film hodisalari Hindistonga ko‘chiriladi va unda taniqli aktyorlar Dev Patel, Frida Pinto va Anil Kapur bosh rollarni o‘ynashadi.

Filmdan lavha
Vikas Svarupning asarida va uning asosida suratga olingan filmda syujet tamomila boshqacha tasvirlangan. Unda Ingrem tarixi haqida hech qanday gap yo‘q.

Film ijodkorlari unda “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” o‘yini tashkilotchilari ham g‘irromlik qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar
Madrimov—Krouford jangining rasmiy posteri e’lon qilindi расм
Madrimov—Krouford jangining rasmiy posteri e’lon qilindi
19-07-2024, 06:00, Sport

Farg‘onada ota farzandini onasiga bermaslik uchun shkafga yashirib qo‘ydi расм
Farg‘onada ota farzandini onasiga bermaslik uchun shkafga yashirib qo‘ydi
19-07-2024, 15:54, Jamiyat

Mashhur klub Olimpiadada Shomurodov va Fayzullayevni kuzatadi расм
Mashhur klub Olimpiadada Shomurodov va Fayzullayevni kuzatadi
20-07-2024, 12:25, Sport

Shols Zelenskiyning Ukraina uzra raketalarni urib tushirish haqidagi iltimosini rad etdi расм
Shols Zelenskiyning Ukraina uzra raketalarni urib tushirish haqidagi iltimosini rad etdi
19-07-2024, 12:48, Dunyo

Tungi reyd tadbiri jarayonida qarzdor korxonaning avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi расм
Tungi reyd tadbiri jarayonida qarzdor korxonaning avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi
19-07-2024, 18:40, Jamiyat

Obama Baydenning saylovdagi imkoniyatlari pasaygan degan fikrda расм
Obama Baydenning saylovdagi imkoniyatlari pasaygan degan fikrda
19-07-2024, 10:00, Dunyo

Hindistonda chivinlar davosi yo‘q kasallik tarqatmoqda расм
Hindistonda chivinlar davosi yo‘q kasallik tarqatmoqda
Bugun, 00:52, Dunyo

Sergey Lushchan "Navbahor" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi расм
Sergey Lushchan "Navbahor" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi
19-07-2024, 21:52, Sport

Yangiliklar » Dunyo » Aldov yo‘li bilan boyimoqchi bo‘lgan Britaniya armiyasi mayori qanday fosh bo‘lgandi? Yangiliklar » Dunyo » Aldov yo‘li bilan boyimoqchi bo‘lgan Britaniya armiyasi mayori qanday fosh bo‘lgandi?
Aldov yo‘li bilan boyimoqchi bo‘lgan Britaniya armiyasi mayori qanday fosh bo‘lgandi? - Zamin.uz