20:28 / 20.07.2024
201

BAA G‘azoga qo‘shin jo‘natishga tayyorligini ma’lum qildi

BAA G‘azoga qo‘shin jo‘natishga tayyorligini ma’lum qildi
Arxiv foto: Anadolu
Birlashgan Arab Amirliklari hukumati 19 iyul kuni G‘azoga vaziyatni tartibga solish uchun harbiy kuch jo‘natishga tayyorligini e’lon qilgan. Bu haqda mamlakat manbalariga tayanib, Middle East Monitor nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari G‘azodagi ko‘p millatli “barqarorlashtirish” missiyasini amalga oshirish uchun anklav hududiga qo‘shinlarini kiritishga tayyorligini bildirgan. Ushbu bayonot bilan Abu-Dabidagi hukumat G‘azoga qo‘shinlarini kiritishni taklif qilgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylangan.

Tahlilchilar ushbu bayonotni Isroilning G‘azo bo‘yicha strategik aniq rejalari yo‘qligiga qarshi muhim siyosiy qadam deya baholagan. Siyosiy sharhlovchilarning yana bir qismi esa Isroilning G‘azodagi amaliyotlarini aniq maqsadsiz, qasos olish uchun tashkil etilgan harbiy kampaniya deb bilishini ma’lum qilgan, BAAning qarori bu kampaniyani yakunlash yo‘lida muhim omil bo‘lishini aytgan.

Birlashgan Arab Amirliklarining Tashqi ishlar vazirligidagi maxsus vakili Lana Nusseyba, agar AQSH missiyaga boshchilik qilsa va Falastin davlatini barpo etish yo‘lidagi qadamlarni qo‘llab-quvvatlasa, BAA o‘z kuchlarini G‘azoga joylashtirishi mumkinligini aytgan.

BAA arab davlatlari va xalqaro hamkorlar bilan birga 'barqarorlashtirish' kuchlarining bir qismi sifatida harakat qilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Mamlakatimiz G‘azodagi fojia davom etishini xohlamaydi. Qo‘shma Shtatlar vaziyatni tartibga solish uchun ushbu tashabbusni o‘z qo‘liga olishi kerak”, degan Lana Nusseyba.

Manbada aytilishicha, Isroil ayni damda HAMASni mag‘lub eta olmagani uchun strategik boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Isroillik ayrim siyosiy tanqidchilar harbiy kampaniya boshidanoq aniq siyosiy maqsadlarga ega bo‘lmagan qasos urushining salbiy oqibatlari haqida ogohlantirganliklarini ta’kidlagan.

BAA rasmiylari G‘azoga qachon va qancha miqdorda harbiy kontingent yuborilishi mumkinligini ma’lum qilmagan. Mamlakat askarlari faqat tinchlik missiyalarida: tinch aholi va strategik obyektlarni himoya qilishda qatnashishi aytilgan. File engine/social.php not found.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA G‘azoga qo‘shin jo‘natishga tayyorligini ma’lum qildi