13:49 / 21.07.2024
75

Turk yulduzlari hayotida nima yangiliklar? (foto)

Turk yulduzlari hayotida nima yangiliklar? (foto)
Turk aktyor hamda aktrisalari shaxsiy hayotida ro‘y berayotgan yangiliklar, hozirda yulduzlar nimalar bilan band ekani haqida ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Qora niyat” seriali yulduzi va xonanda Shevval Sam hamda Pera Filarmoniya orkestrining Bursada bo‘lib o‘tgan 62-xalqaro festivalida konsert berdi. Ikki soat davom etgan tadbir ochiq osmon ostidagi “Kulturpark” nomli teatr binosida bo‘lib o‘tdi. Xonanda muxlislariga go‘zal ijodiy kecha taqdim etdi.

Foto: Dzen
Tarkan 2016 yilda Pinar Dilek bilan turmush qurgan, 2018 yilda ularning Liya ismli qizi tug‘ilgan. Mashhur xonanda ba’zan qizi bilan tushgan oilaviy suratlarini baham ko‘radi. Kuni kecha u Liyani tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrikladi va post qoldirdi:

Mening hammadan qadrli qizim!.. Ikki kun avval qizalog‘im 6 yoshga to‘ldi. Yaqinda u maktabga chiqadi. Qizim hali yosh bo‘lgan ushbu kunlarni tez o‘tib ketishini istamayman, oilam bilan o‘tkazayotgan har bir daqiqadan zavq olgim keladi. Lekin afsuski, yillar juda tez o‘tib ketaveradi”, deb yozdi Tarkan va ota-onalarga murojaat qildi.

Foto: Dzen
Aziz ota-onalar, farzandlaringiz bilan ko‘proq birga vaqt o‘tkazing. Ular bilan o‘tgan har bir lahzani qadrlang. Chunki bu damlar boshqa qaytib kelmaydi. Ularning eng beg‘ubor davrini shunchaki o‘tkazib yubormang. Farzandlaringizni doim quchoqlang, ularni yaxshi ko‘rishingizni tez-tez aytib turing", dedi Tarkan.

Aktyor va prodyuser Tolgaxan Sayishman oilasi bilan ijaraga olgan hashamatli yaxtada Bodrumda dam olayotgan suratlarini joyladi. Keyin aktyor oilasi bilan Antaliyaga ko‘chib o‘tdi va ta’tilni shu yerda davom ettirdi. Bir necha kundan so‘ng oilasini Turkiyada dam olish uchun qoldirgan Tolgaxan 2 haftalik ish uchun turli mamlakatlarga sayohatga jo‘nab ketdi.

Foto: Dzen
Burju Birijik va uning turmush o‘rtog‘i Emredan xushxabar keldi: aktrisa 15 iyul kuni farzandli bo‘ldi va chaqaloqqa Luna deb ism qo‘yishdi. Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi.

Foto: Dzen
Uch fasl davom etgan “Oyna ortidagi qiz” serialidagi ishtiroki tufayli Turkiya va xorijda keng tanilgan Feyyaz Sharifo‘g‘lu jurnalist Merve Donchulga turmush qurishni taklif qildi. Ular uch yildan beri uchrashar edi.

Foto: Dzen
Turmush qurish taklifini yulduz Italiyaga romantik sayohat paytida berdi. Feyyaz Sharifo‘g‘lu Merve Donchul oldida tiz cho‘kib, “Menga turmushga chiq” deya qizning qo‘lini so‘radi va Merve rozi bo‘ldi.

Foto: Dzen

Foto: Dzen
To‘y sanasi hali noma’lum, lekin muhimi, yoshlar nikoh sari birinchi qadamni qo‘yishdi. Juftlik Italiyaga sayohatidan turli suratlarni ham joylashtirdi.

Foto: Dzen

Foto: Dzen

Foto: Dzen

Foto: Dzen

Foto: Dzen

Foto: Dzen
Hande Erchel qallig‘i bilan sayohat qilishda davom etmoqda. U Hakan Sabanji bilan birga Londonda erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Uimbildon tennis turnirining finaliga tashrif buyurdi. O‘yinni ikki yosh tribunadan turib tomosha qildi.

Foto: Dzen

Foto: Dzen

Foto: Dzen

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk yulduzlari hayotida nima yangiliklar? (foto)