date
views 832

Tramp Baydenning saylovda qatnashmaslik qaroriga munosabat bildirdi

Tramp Baydenning saylovda qatnashmaslik qaroriga munosabat bildirdi
Foto: Reuters
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabat bildirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Bayden o‘z o‘rniga prezidentlikka nomzod sifatida vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini ilgari surmoqda. Tramp bunga javoban Baydenni “mamlakat tarixidagi eng yomon prezident” deb atadi. Shuningdek, Xarrisni “mag‘lub etish osonroq” ekanini ta’kidladi.

Bayden dastlab prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilganida demokrat nomzodning nomini aytmagandi, biroq keyinroq tvit yozib, Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

2020 yildagi partiyadan nomzod sifatida birinchi qarorim Kamala Xarrisni vitse-prezidentim etib tanlash edi. Bu men qabul qilgan eng yaxshi qaror edi. Bugun men Kamalani bu yilgi partiyamizdan nomzod sifatida to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqchiman", deb yozadi Bayden.

Siyosatchi partiya va mamlakat manfaatlariga asosan saylovdagi nomzodini olib tashlayotganini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Baydenning saylovda qatnashmaslik qaroriga munosabat bildirdi