13:30 / 22.07.2024
165

NATO 500 mingdan ortiq askarini yuqori shay holatga keltirdi

NATO 500 mingdan ortiq askarini yuqori shay holatga keltirdi
Foto: AFP
NATO matbuot kotibi Farah Dahlalla alyansning ayni paytda 500 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi yuqori shay holatda ekanini aytdi. Bu haqda u CNN'ga xabar berdi.

Yuqori darajadagi shay holat shuni anglatadiki, harbiylar 30 kun ichida saf tortishi mumkin. 2022 yilda alyansda 20 ming nafar harbiy yuqori jangovar shay holatda bo‘lgan. 2023 yilning yozida ularning sonini 300 mingtaga yetkazishga qaror qilingan va bir yildan so‘ng NATO bu maqsadga erishilganini aytgan.

Dahlallaning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilarni yollash va tayyorlash usuli har bir mamlakat ixtiyorida qoladi, ammo alyans davlatlarining taxminan uchdan bir qismi u yoki bu shakldagi majburiy harbiy xizmatga ega. Ukrainadagi urush fonida NATO eng katta mudofaa rejalarini amalga oshirdi.

Shu bilan birga, harbiy tahlilchilar Yevropa davlatlari harbiylar taqchilligini boshdan kechirayotgani, NATO Rossiya bilan urush ehtimolida frontga yetarlicha askar yubora olmasligini aytmoqda.

NATOning Yevropa ittifoqchilari qog‘ozda Rossiyaga qarshi turishda yetarli bo‘lgan 1,9 million harbiy xizmatchiga ega. Biroq aslida bu alyansga 300 mingdan ortiq harbiyni ehtimoliy harbiy mojaroga jalb etish qiyin bo‘ladi”, deydi ular.

Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday miqdordagi odamlarni safarbar etishga oylar kerak bo‘ladi. File engine/social.php not found.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO 500 mingdan ortiq askarini yuqori shay holatga keltirdi