15:08 / 22.07.2024
215

Zelenskiy iste’foga chiqish haqida gapirdi

Zelenskiy iste’foga chiqish haqida gapirdi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy lavozimini tark etishi mumkinligini, ammo bu faqat urush tugaganidan keyin amalga oshishini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Jurnalist siyosatchidan uning prezident lavozimidan ketishi ehtimolini so‘radi. Bunga javoban Zelenskiy “biz hammamiz ham insonmiz”, deya tasdiqlab javob berdi. Ukraina prezidenti hokimiyatni boshqa birovga topshirishi mumkinligini tan oldi, lekin bu Rossiya bilan urush tugaganidan keyingina sodir bo‘lishini aytdi.

Biz bu urushni tugatishimiz kerak. Biz Putinga barham berishimiz kerak. O‘ylaymanki, bu xalqimiz va mamlakatimiz uchun juda muhim”, dedi siyosatchi.

Iyun oyida Zelenskiy o‘z prezidentligi davrida Ukrainadagi urushni tugatishga qat’iy qaror qilganini aytgandi.

Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yil 31 martda bo‘lib o‘tishi kerak edi. 2024 yil 20 mayda Vladimir Zelenskiy inauguratsiyasidan keyingi Konstitutsiyada belgilangan besh yillik muddati tugadi. Yanvar oyida siyosatchi saylovlarni qoldirmayotganini, lekin ularni shunchaki o‘tkaza olmasligini aytdi, chunki bu urush paytida qonun bilan taqiqlangan.

20 fevral kuni Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tadqiqot natijalarini e’lon qildi, unda keltirilishicha 2024 yil fevral holatiga ko‘ra, ukrainaliklarning aksariyati, ya’ni 69 foizi Vladimir Zelenskiy harbiy holat tugaguncha prezident sifatida qolishi kerak, deb hisoblaydi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukrainadagi saylovlar harbiy holat paytida, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va ovoz berishni xavfsiz tarzda tashkil etish sharti bilan o‘tkazilishi mumkin va jarayonda barcha ukrainaliklar ham mamlakat ichida, ham frontda, ham xorijda ishtirok etishi kerak.

Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska Zelenskiy 2024 yil 21 maydan keyin o‘z qonuniyligini yo‘qotmaganini, uning vakolatlari keyingi prezident saylangunga qadar davom etishini aytgan. File engine/social.php not found.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy iste’foga chiqish haqida gapirdi