15:30 / 22.07.2024
34

AQSHdagi Falastin tarafdorlari Netanyaxu tashrifiga qarshi namoyish uyushtirishmoqchi

AQSHdagi Falastin tarafdorlari Netanyaxu tashrifiga qarshi namoyish uyushtirishmoqchi
Foto: AFP
AQSHda Falastin tarafdorlari bo‘lgan fuqarolar Netanyaxuning mamlakatga tashrifiga qarshi namoyish tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 24 iyul kuni Isroil bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. U AQSH prezidenti qabulida bo‘ladi, bir qancha davlat muassasalariga boradi hamda Kapitoliydagi yig‘ilishda qatnashadi.

Falastin tarafdorlari aynan Kapitoliyga yig‘ilishni rejalashtirgan. Yig‘ilishda G‘azodagi operatsiyani tugatishga qaratilgan chaqiriqlar bo‘lishi xabar qilingan.

Nyu York politsiyasi “ko‘p sonli namoyishchilar” bilan to‘qnashishga tayyorlanmoqda. Shahar bo‘ylab qo‘shimcha xavfsizlik choralarini joriy qilinmoqda, davlat tashkilotlarining himoyasi kuchaytirilgan.

Xabarga ko‘ra, Netanyaxu shu hafta Vashingtonda bo‘lib, 24 iyul kuni AQSH Kongressining qo‘shma majlisida nutq so‘zlaydi. U prezident Jo Bayden bilan uchrashuvi doirasida yopiq muhokamalarda qatnashadi.

Namoyishlarda Falastin tarafdori bo‘lgan guruhlarning koalitsiyasi ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida ANSWER birlashmasi, ayollar boshchiligidagi tinchlik va inson huquqlarini himoya qilish CodePink guruhi, Falastin Amerikasi jamiyati markazi kabi guruhlar va “Tinchlik uchun yahudiy ovozi” kabi yahudiy hamjamiyatlari borligi aytilgan.

CodePink guruhining aytishicha, birlashma tashkilotchilari inson huquqlari himoyachilari Vashingtonga mamlakatning ko‘plab shtatlaridan kelishi uchun avtobuslar ajratgan. Qulayliklar yaratishga harakat qilgan.

Biz ko‘p sonli namoyishchilar paydo bo‘lishini kutyapmiz. Ko‘proq politsiya xodimlarini safimizga chaqirishni rejalashtiryapmiz. Tashqi agentliklardan ham shtat a’zolari chaqiriladi”, deya ma’lumot bergan AQSH Kapitoliysi politsiyasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHdagi Falastin tarafdorlari Netanyaxu tashrifiga qarshi namoyish uyushtirishmoqchi