20:48 / 23.07.2024
81

Ilon Mask jinsini o‘zgartirgan o‘g‘lini “o‘lgan” deb atadi

Ilon Mask jinsini o‘zgartirgan o‘g‘lini “o‘lgan” deb atadi
Foto: Delta Think
Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘g‘li Ksaver “voukizm virusidan o‘lganini” ma’lum qildi.

"O‘g‘limni yo‘qotdim. Mening o‘g‘lim Ksaver “voukizm virusi”dan vafot etdi", deydi tadbirkor.

Voukizm — irqiy va jinsiy ozchiliklarning ijtimoiy-siyosiy harakatlariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi va ularning uyg‘onishini (woke — “uyg‘onish”) “huquqli shaxs sifatida o‘zini anglash” ma’nosida nazarda tutuvchi mafkura.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ksaver mazkur “virus” sababli gormonal blokatorlarini qabul qila boshlagan.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, uni aldab, to‘ng‘ich farzandiga gormonal blokatorlarni olishga rozilik varaqasiga imzo chektirishga muvaffaq bo‘lishgan. U o‘g‘lining davolanishiga rozi bo‘lganida, unga ushbu vosita mohiyatan “sterilizatsiya dorisi” ekanligi tushuntirilmagan. U mazkur “virus”ni yo‘q qilishga va’da berganini qo‘shimcha qilgan.

Maskning to‘ng‘ich o‘g‘li, o‘zini qiz bola deb tan olgan Ksaver 2022 yil iyun oyida 18 yoshga to‘lganidan keyin ismini o‘zgartirish uchun ariza bergan. U ayollar ismini hamda onasining qizlik familiyasini olgan va Vivian Jenna Uilson bo‘lgan. U biologik otasi bilan hech qanday aloqada bo‘lishni istamasligini aytgan.

17 iyul kuni Ilon Mask Kaliforniyada LGBT qonuni qabul qilinishi munosabati bilan SpaceX bosh qarorgohini Texasga ko‘chirishini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask jinsini o‘zgartirgan o‘g‘lini “o‘lgan” deb atadi