Foto: Reuters
Isroil va HAMAS o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishish shartlari shakllana boshladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “HAMASga bosim” tufayli qilindi. Uning aniqlik kiritishicha, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
"Ishonchim komilki, biz kelishuv bo‘yicha oldinga siljishimiz va qolgan garovdagilarni ozod qilishimiz mumkin", dedi u.
Isroil armiyasi G‘azodagi 116 isroillik asirdan 44 nafari halok bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Avvalroq BBC nashri Isroil armiyasi G‘azo janubidagi gumanitar zonaning bir qismidan tinch aholini evakuatsiya qilishga buyruq bergani haqida xabar bergan edi. So‘nggi ikki hafta ichida Isroil ushbu hududga bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirgan, oqibatda jami 90 nafar tinch falastinlik halok bo‘lgan.
Endilikda yahudiy davlati armiyasi ushbu hududdagi operatsiyaning quruqlikdagi bosqichiga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. Gumanitar zona 2023 yil oktyabr oyida HAMASning Isroilga hujumiga javoban yahudiy davlati operatsiyasining boshidayoq armiya tomonidan belgilangan.
U yerda shu paytgacha hech qanday jangovar harakatlar bo‘lmagan va gumanitar yordam ko‘rsatilgan. G‘azoning shimoliy qismida yashovchi falastinliklar ham ushbu zonaga ko‘chirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2024 yilning eng yaxshi 10 ta filmi
Qishda terini qanday parvarish qilish kerak?
Endi yuridik shaxslar "svet"ga mobil aloqa orqali toʻlov qilishi mumkin
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi
Koʻp qavatli uylar oldi va mahallalarning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiriladi
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Makron: Ukrainaning taslim boʻlishi na AQSh, na Evropa Ittifoqi uchun foydali emas
Ispaniya 2025 yil aprel oyidan «oltin vizalar»ni bekor qiladi