23:58 / 24.07.2024
435

AQSH sobiq razvedkachisi: “Harris AQSHni Rossiya va Xitoy bilan urushga boshlaydi”

AQSH sobiq razvedkachisi: “Harris AQSHni Rossiya va Xitoy bilan urushga boshlaydi”
Foto: ABC News
AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris davlat rahbari lavozimini egallasa, mamlakatni Rossiya yoki Xitoy bilan urushga olib kelishi mumkin. Bu haqda AQSH sobiq dengiz razvedka xodimi Jek Posobets ma’lum qildi.

"Agar shunday odamni prezidentlik kursisiga o‘tkazsangiz, u Rossiya va Eron bilan proksi-urushga, ehtimol, Xitoy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga ruxsat beradi. Keyin nima bo‘lishini kim biladi?", - dedi u.

Posobets Harrisni beqaror shaxs deb atagan. Sobiq razvedkachining ta’kidlashicha, hamma uni bir qator bema’ni intervyular, mamlakat chegarasidagi muammolar va Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘laydi.

21 iyul kuni Jo Bayden prezidentlik saylovidan o‘z nomzodini qaytarib olgan. Siyosatchi partiya va mamlakat manfaatlariga asosan shunday qarorga kelganini aytgan.

"Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi. Men qayta saylanish niyatida bo‘lgan bo‘lsam-da, o‘z partiyam va mamlakatim manfaatlariga ko‘ra, nomzodimni rad etishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga e’tibor qaratishim kerak deb hisoblayman", degan u.

Bayden prezidentlik poygasida Kamala Harrisni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, demokratlar Trampni saylovlarda mag‘lub etish uchun hozir birlashishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH sobiq razvedkachisi: “Harris AQSHni Rossiya va Xitoy bilan urushga boshlaydi”