Foto: AFP
AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp 25 iyul kuni Demokratik partiyaning yetakchi vakillari prezident Jo Baydenni qayta saylanish urinishidan voz kechishga majburlash uchun qo‘pol harakatlar qilganini aytdi. Bu haqda Interfax yozdi.
«Menimcha, bu qandaydir davlat to‘ntarishi edi. Ular uning nomzodini xohlamadilar. Uning so‘rovnoma natijalari yomon edi, ular uni yutqazadi, deb o‘ylashdi. Ular uning oldiga kelib, «Siz bu poygada yutolmaysiz», degan», dedi Tramp Fox News telekanalida.
Uning ta’kidlashicha, o‘z manbalariga ko‘ra, ko‘plab demokratlar Baydenni yaxshi munosabatda bo‘lishlariga ishontirishgan. «Ammo men bilaman, ular sahna ortida unga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishgan», dedi Tramp.
«Men narigi tomondagi (demokratlar orasidagi) ko‘p odamlarni bilaman. Va bilaman: ular uni poygadan chiqib ketishga majbur qilishdi. Gap Pelosi (Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi), Obama haqida ketmoqda (AQSH sobiq prezidenti Barak Obama) va siz televizorda ko‘rayotgan boshqa odamlar ham bor», deb qo‘shimcha qildi u.
Bayden 21 iyul kuni prezidentlik poygasini tark etayotganini, biroq prezident lavozimida ishlashda davom etishini e’lon qildi va Demokratik partiyani Kamala Harrisni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishga chaqirdi.
Demokratik partiyaning milliy qo‘mitasi 7 avgustgacha prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi