10:09 / 26.07.2024
76

Dunyodagi eng mashhur narkobaronlardan biri hibsga olindi

Dunyodagi eng mashhur narkobaronlardan biri hibsga olindi
Foto: El Imparcial
Dunyoning eng mashhur narkobaronlaridan biri, meksikalik “Sinaloa” karteli rahbari Ismael “El Mayo” Zambada Texasning El-Paso shahrida hibsga olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

76 yoshli Zambada kartelga hozirda AQSH qamoqxonasida saqlanayotgan Xoakin El Chapo Gusman bilan asos solgan.

Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham Zambada bilan birga hibsga olingan”, dedi AQSH Adliya vazirligi.

Har ikkisi ham Texasdagi xususiy aeroportlardan birida qo‘lga olingan. AQSH Bosh prokurori Merrik Garlandning ta’kidlashicha, ular “dunyodagi eng shafqatsiz va kuchli narkotik kartellaridan birini” boshqaradi.

Fevral oyida AQSH hukumati Zambadani tarkibida fentanil bo‘lgan moddani ishlab chiqarish va tarqatishda aybladi.

Fentanil — bizning mamlakatimiz duch kelgan eng halokatli giyohvandlik tahdididir va fuqarolarimizni zaharlashda aybdor bo‘lgan har bir rahbar, kartel a’zosi va sheriklari javobgarlikka tortilmaguncha Adliya vazirligi tinchlanmaydi”, degan Garland.

AQSH Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Zambada Meksikada bir nechta qonuniy korxonalar, jumladan, sut fermasi, avtobus tashuvchi kompaniya va mehmonxona egasidir.

AQSHda u fentanil savdosidan tashqari, giyohvand moddalar savdosi, qotillik, o‘g‘irlash, pul yuvish va uyushgan jinoyatchilikda ham ayblangan. Zambada o‘nlab yillar davomida AQSH rasmiylaridan yashiringan, ammo, aftidan, o‘zi Texasga uchib kelgan. Uni qo‘lga olish va keyinchalik hibsga olish tafsilotlari noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng mashhur narkobaronlardan biri hibsga olindi