15:43 / 26.07.2024
114

Italiyada 140 kilolik shahar meri ozish uchun har hafta aholi bilan sayr qiladi

Italiyada 140 kilolik shahar meri ozish uchun har hafta aholi bilan sayr qiladi
Foto: Instagram
Italiyaning Valdobbyadene shahri meri, 47 yoshli Luchano Fregoneze har payshanba kuni ortiqcha vazndan xalos bo‘lish maqsadida mahalliy aholi bilan sayr qiladi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Hozirda uning vazni 140 kilogramm. Iyun oyida Fregoneze uchinchi marta shahar uchun merlik saylovida g‘alaba qozondi va o‘z nutqida salomatligiga yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilishga va’da berdi. Siyosatchi o‘zining avvalgi vazni — 90 kilogrammga qaytish niyatida. Fregoneze 10 yil avval birinchi marta mer etib saylanganida aynan shu vaznda edi.

Foto: The Guardian
Albatta, mendagi ortiqcha vazn sababi dangasalik va harakatsiz turmush tarzi bilan bog‘liq. Mer lavozimida ishlashni boshlaganimdan beri men sport va boshqa jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishni to‘xtatib qo‘ydim”, deya tan oladi Fregoneze.

Bundan tashqari, men ashaddiy xo‘randa odamman, ajoyib taomlar tayyorlanadigan bunday shaharda parhez tutish qiyin masala”, deydi u.

Foto: The Guardian
Valdobbyadene shahrida 10 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. U Veneto rayonining markazida joylashgan. Ko‘cha devorlarida shahar meri o‘zini “semiz” deb yozishgan graffitilarni ko‘rganidan so‘ng, Fregoneze mahalliy aholi bilan yugurish va har hafta sayr qilishni yo‘lga qo‘ydi. Siyosatchining oilasi va shifokorlari ham uni qo‘llab-quvvatladi.

Shahar aholisi har hafta mer bilan qiyalik va tepaliklarga ko‘tarilishni o‘z ichiga olgan 5,5 kilometrlik yo‘lni bosib o‘tadi.

Foto: The Guardian
Avvaliga birinchi sayrga 45 kishi keldi. Bir haftadan keyin esa ishtirokchilar soni 113 nafarga yetdi, o‘tgan haftada esa 215 nafar odam va 12 ta it sayrda ishtirok etdi.

Luchano Fregoneze so‘zlariga ko‘ra, odamlar uni qo‘llab-quvvatlash, yangi tanishlar orttirish hamda merga o‘z savollarini berish uchun piyoda yurish marafoniga kelmoqda. Sayr davomida aholi merlik tomonidan hal qilinishi mumkin bo‘lgan turli muammolar haqida xabar berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada 140 kilolik shahar meri ozish uchun har hafta aholi bilan sayr qiladi