17:52 / 26.07.2024
321

Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general Dmitriy Bulgakov qo‘lga olindi

Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general Dmitriy Bulgakov qo‘lga olindi
Foto: Google Images
Rossiyada mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, armiya generali Dmitriy Bulgakov qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.

Bulgakov korrupsiya ishi doirasida tergovga jalb qilingan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bulgakov Moskvadagi “Butirka” tergov izolatoriga joylashtirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligida Bulgakov moddiy ta’minot uchun javobgar edi. 2008 yil dekabridan 2022 yil sentyabrigacha mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2016 yilda unga Rossiya Qahramoni unvoni berilgan.

Avvalroq mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov va Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Yuriy Kuznetsov o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda ayblanib hibsga olingan edi.

May oyida Rossiya Bosh shtabi rahbari o‘rinbosari Vadim Shamarin va Mudofaa vazirligining mudofaa ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Verteletskiy hibsga olingani ma’lum bo‘ldi. Shamarin juda katta miqdorda pora olganlikda gumon qilinmoqda.

17 may kuni xavfsizlik kuchlari Rossiya 58-qo‘shma qurolli armiyasi sobiq qo‘mondoni general mayor Ivan Popovni yirik miqdordagi firibgarlikda ayblab, hibsga olgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Popov Zaporoje yo‘nalishida istehkomlar qurish uchun mo‘ljallangan 1700 tonna metallni o‘g‘irlashda ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general Dmitriy Bulgakov qo‘lga olindi