22:10 / 26.07.2024
19

FQB suiqasd ishi bo‘yicha Donald Trampni ham so‘roq qilmoqchi

FQB suiqasd ishi bo‘yicha Donald Trampni ham so‘roq qilmoqchi
Foto: Google Images
Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni hayotiga suiqasd bo‘yicha tergov doirasida uning o‘zini ham so‘roq qilmoqchi. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu tergovning standart qismidir, chunki Tramp jinoyatchining nishoni bo‘lgan.

Avvalroq FQB direktori Kristofer Rey Trampning qulog‘iga tekkan narsa o‘qmi yoki telesuflyor bo‘lagimi, aniq bilmasligini aytib o‘tgandi.

14 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahridagi saylovoldi mitingi paytida Donald Trampga bir necha bor o‘q uzilgandi. O‘q uzgan shaxs maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. U 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ekanligi ma’lum qilingan.

Shuningdek, FQB rasmiylari Trampni o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxs Bayden va boshqa jamoat arboblarini kuzatib yurganini aytib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » FQB suiqasd ishi bo‘yicha Donald Trampni ham so‘roq qilmoqchi