Foto: tribune.com.pk
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp 26 iyul kuni Florida shtatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qabul qilgan. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Tramp Florida shtatidagi Mara-Lago kurortida Netanyaxu va uning rafiqasi Sarani kutib olgan. Isroil oliy vakillari bilan suhbat chog‘ida ularga nisbatan samimiy do‘stligini va xayrixohligini izhor etgan.
Netanyaxu uchrashuvda HAMAS ustidan to‘la g‘alaba qozonish borasidagi rejalarini yana bir bor takrorlagan. Bu borada AQSHdan ta’minot va qo‘llab-quvvatlov so‘ragan.
Isroil bosh vaziri Trampdan oldin Kamala Harris bilan ham uchrashgan. Nisbatan nofaol ruhda o‘tgan uchrashuvda Harris Netanyaxuni G‘azo bo‘yicha tinchlik bitimini imzolashga chaqirgan. Falastin anklavidagi azob-uqubatlarga “jim turmasligi”ni ta’kidlagan.
“O‘tgan to‘qqiz oy ichida G‘azoda sodir bo‘lgan voqealar halokatli. O‘lgan bolalar va umidsiz och odamlar, xavfsizligi uchun qochayotganlar, ikki, uch yoki undan ko‘p marta ko‘chirilgan fuqarolar …. Bular barchasi halokatli”, degan Harris jurnalistlarga.
Juma kuni bo‘lib o‘tgan Tramp va Netanyaxu uchrashuvining to‘liq tafsilotlari ma’lum emas. Ular o‘rtasida matbuotga ochiqlanmagan masalalar ham bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi