Foto: AP
Buyuk Britaniyaga qarashli harbiy samolyotlar Rossiya chegarasi tomon uchirilgan. Bu haqda Rossiya hukumati manbalariga asoslanib, The Moscow Times nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Britaniya havo kuchlariga qarashli uchta samolyot Rossiya hududiga kirishga uringan. Bunga javoban Qrim atrofida havo radarlari ishlab ketib, favqulodda tayyorgarlik e’lon qilingan.
Britaniya xatti-harakatiga javob berish uchun Rossiya Su-27 qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan. Qisqa muddat davom etgan manyovrlar oqibatida Britaniya samolyotlari havo hududidan haydab chiqarilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Rossiya hududiga tahdid solgan samolyotlar Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlariga tegishli RC-135 razvedka samolyoti va ikkita “Tayfun” qiruvchi samolyotlari bo‘lgan.
“Rossiya qiruvchi samolyoti yaqinlashganda, xorijiy harbiy samolyot Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasidan teskari tomonga burilishni amalga oshirdi”, deyilgan Rossiya harbiy ma’muriyati bayonotida.
Manbaga ko‘ra, xuddi shunga o‘xshash holat Britaniya havo kuchlari bilan bir yil oldin ham kuzatilgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida ham Britaniya samolyotlari Rossiya tomon uchib havo hududini buzgan. Keyinchalik ular tezkor manyovrlar oqibatida hududdan surib chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi