19:59 / 27.07.2024
317

Netanyaxu Buyuk Britaniyaga qadam qo‘ysa, hibsga olinadi

Netanyaxu Buyuk Britaniyaga qadam qo‘ysa, hibsga olinadi
Foto: The People’s Voice
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Britaniyaga tashrif buyurgan taqdirda, qo‘lga olinishi mumkin. Bu haqda The People’s Voice manbasi xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Birlashgan Qirollik oliy sudi Isroil yetakchisiga nisbatan hibsga olish chorasini qo‘llashga de fakto rozi bo‘lgan. Bu tartib rasman sud hay’atidan tasdiq olsa, butun mamlakatda ishlay boshlaydi.

Londondagi hukumat aholi noroziligi va hukumatdagi keskinliklarni inobatga olib, Xalqaro jinoyat sudi tomonidan e’lon qilingan rezolyutsiyasini qabul qilishga majbur bo‘lgan. Ushbu rezolyutsiya Netanyaxuni urush jinoyatlari va genotsidda ayblab, unga nisbatan hibsga olish tartibini e’lon qilgan edi.

Xalqaro jinoyat sudi tomonidan e’lon qilingan hibsga olish to‘g‘risidagi orderni qo‘llab-quvvatlash G‘azoda sodir etilgan harbiy jinoyatlarni jazosiz qoldirmaslik yo‘lida muhim qadamdir”, deya holatga munosabat bildirgan Britaniya Leyboristlar partiyasi deputati Zarah Sultana.

Ko‘plab ommaviy axborot nashrlari Britaniyada yuzaga kelayotgan Isroilga qarshi murosasiz kayfiyatni Leyboristlar faoliyati bilan bog‘lagan. Ushbu partiya Isroil rahbariyatini ko‘p bora harbiy jinoyatlarda va agressiya uyushtirishda ayblagan. London oliy rahbariyatini Isroil bilan munosabatlarni minimallashtirishga chaqirgan.

Yangi tartibga ko‘ra, Netanyaxuning Britaniyaga hukumat nomidan tashrifi uni hibsga olishga qarshilik qila olmaydi. Britaniya hukumati Xalqaro jinoyat sudi qaroriga muvofiq harakat qiladi.

Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga Isroil vakillari munosabat bildirgan. Ushbu bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, bosh vazirga nisbatan bunday munosabat xalqaro munosabatlarni inqirozga boshlashi aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Buyuk Britaniyaga qadam qo‘ysa, hibsga olinadi