Foto: Getty Images
Chexiya xavfsizlik va axborot xizmati direktori Mixal Kudelko Rossiya, Xitoy va Eronning razvedka operatsiyalarini Yevropa uchun asosiy tahdid deb atadi. Bu haqda u ČTK nashriga bergan intervyusida [url=Foto: Getty Images]ma’lum qildi[/url].
Kudelkoning so‘zlariga ko‘ra, dunyo “qaynamoqda” va global to‘qnashuv yoqasida turibdi. Boshqa tahdidlar qatorida u propaganda, migratsiya, terrorizm tahdidi, noqonuniy qurol savdosi, kiberhujumlar va sun’iy intellektni suiiste’mol qilishni ham sanab o‘tdi.
Chexiyalik amaldor dunyodagi vaziyat “juda jiddiy” ekani va bu ko‘plab sohalarda o‘z aksini berayotganini aytdi. NATO ittifoqchilarining aksariyati yaqin yillarda Rossiya va alyans davlatlari o‘rtasida urush bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas, deb hisoblaydi. Estoniya razvedkachilari urush 10 yil ichida ro‘y berishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Bundesver bosh inspektori Karsten Broyer Rossiya yetarli darajada harbiy salohiyatni oshirib, NATO hududiga 5-8 yil ichida hujum qilishi mumkinligini aytgandi. U hozirda “Rossiya armiyasi G‘arbga yo‘naltirilayotgani”ni ma’lum qilgan.
"Besh-sakkiz yil ichida Moskva qurolli kuchlari NATO hududiga hujum qilish uchun moddiy baza va shaxsiy tarkib bilan ta’minlanadi", degan Broyer. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi