10:37 / 29.07.2024
77

Shimoliy Koreyada yuz bergan suv toshqini sabab 5 ming kishi evakuatsiya qilindi

Shimoliy Koreyada yuz bergan suv toshqini sabab 5 ming kishi evakuatsiya qilindi
Foto: KCNA
Shimoliy Koreyada 29 iyul kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 5 ming nafar fuqaro favqulodda evakuatsiya qilingan. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat matbuotiga asoslanib, AP News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 27 iyul kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasining shimoli-g‘arbiy qismida yuz bergan suv toshqini mamlakatning ko‘plab hududlariga talafot yetkazgan. Muhim aholi punktlari hamda qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan.

Toshqin sodir bo‘lgan hududda 5 mingdan ortiq fuqaro qolib ketgan. Ularni qutqarish uchun mamlakat rahbari Kim Chen In favqulodda evakuatsiya rejasi ishlab chiqishga buyruq bergan.

Ko‘plab nashrlar toshqin Xitoy bilan chegarada ro‘y berganini yozgan. Ikki mamlakat o‘rtasidan oqib o‘tuvchi daryoda suv sathi nihoyatda ko‘tarilib ketgan va tartibsiz ravishdagi toshqinlarni keltirib chiqargan.

Fuqarolarni qutqarish missiyasiga 10 ga yaqin harbiy vertolyot, dengiz floti va hukumat qayiqlari safarbar qilingan. Qutqaruv guruhlari chegara hududidagi Siniyju va Iyju shaharlariga yuborilgan.

Shimoliy Koreya rasmiylari toshqindan halok bo‘lganlar soni va tabiiy ofat olib kelgan talafot ko‘lamini oshkor qilmagan. Qutqaruv ishlariga safarbar qilingan 10 ga yaqin vertolyot yomon ob-havoga qaramay aholini ko‘chirish uchun bir necha marta qatnovlarni amalga oshirgan va natijada jabrlanganlardan 4200 nafari qutqarilgan.

Mamlakat rahbari evakuatsiya ishlariga shaxsan rahbarlik qilgan, jabrlanganlarga oziq-ovqat va boshqa zaruriy buyumlarni yetkazib berishga buyruq bergan. Yetakchi, shuningdek, tiklanish va yordam ishlari bo‘yicha vazifalar ham qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada yuz bergan suv toshqini sabab 5 ming kishi evakuatsiya qilindi