17:20 / 30.07.2024
77

O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga kirishga urindi (video)

O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga kirishga urindi (video)
Foto: Videodan kadr
O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiya chegarasini kesib o‘tishga urindi. Bu haqda Mash Telegram kanali xabar berdi.

Hodisa Saratov viloyati Ozinki qishlog‘idagi o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan. Chegarachilar qovun tashuvchi yuk mashinalaridan birini to‘xtatib, uni ko‘rishga qaror qilgan. Haydovchi taqdim etgan hujjatlardan kuzovda faqat qovun borligi ma’lum bo‘lgan.

Biroq ko‘zdan kechirish chog‘ida pritsep oxirida qovun solingan qutilarga yashiringan to‘rt nafar muhojir topilgan. Natijada yuk mashinasi haydovchisi va migrantlarga nisbatan Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga kirishga urindi (video)