19:44 / 30.07.2024
18

BAA ilk bor lotereya litsenziyasini taqdim etdi

BAA ilk bor lotereya litsenziyasini taqdim etdi
Foto: Sigma
Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari ilk bor lotereya o‘yinlarini o‘tkazish uchun litsenziya berdi.

28 iyul kuni Tijoriy o‘yinlarni tartibga solish bo‘yicha bosh organ (GCGRA) The Game LLC'ga litsenziya berganini e’lon qilgan.

Ushbu e’lon GCGRA'ning BAAda shaffoflik, hisobdorlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va mas’uliyatli o‘yin amaliyotlari tamoyillariga asoslangan yaxshi tartibga solinadigan tijorat o‘yin sektorini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarida yangi bosqichni belgilab beradi, dedi regulyator bayonotida.

Game LLC “BAA lotereya” brendi ostida faoliyat yuritadi va foydalanuvchilarga lotereyalar hamda boshqa qimor o‘yinlarining bir nechta turlarini taklif etadi. Hokimiyat tomonidan litsenziyalangan lotereyaning aynan qachon birinchi o‘yini bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilmagan.

Bu BAA tarixida rasmiylar tomonidan lotereya o‘tkazish uchun berilgan birinchi litsenziya bo‘lishiga qaramay, mamlakatda uzoq vaqtdan beri lotereyalar, jumladan lotereyalar ko‘rinishidagi yutuq o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ular uchun chiptalar qimor o‘yinlari islom dini tomonidan taqiqlangani va mamlakatda noqonuniy hisoblanganiga qaramay, supermarketlar, aeroportlar, savdo markazlari va banklarda erkin sotilmoqda.

Mutaxassislar allaqachon litsenziya berishni qimor o‘yinlarini yanada qonuniylashtirish yo‘lidagi qadam deb hisoblashgan. Shu bilan birga, Bloomberg Intelligence hisob-kitoblariga ko‘ra, qimor biznesini qonuniylashtirish va qimor o‘yingohlarini qurish millionlab xorijiy sayyohlarni jalb qilishi va g‘aznaga BAA yalpi ichki mahsulotining 1,3 foiz ekvivalentini keltirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA ilk bor lotereya litsenziyasini taqdim etdi