13:13 / 31.07.2024
222

Rossiya Ukraina poytaxtiga yirik dron hujumini amalga oshirdi

Rossiya Ukraina poytaxtiga yirik dron hujumini amalga oshirdi
Foto: Reuters
Rossiya armiyasi Ukraina poytaxtiga 31 iyul kuni yirik dron hujumini amalga oshirgan. Bu haqda Ukrainadagi manbalarga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 31 iyulga o‘tar kechasi Kiyevda havo radarlari va signallari ishlab ketgan. Shaharda tun bo‘yi favqulodda vaziyat saqlab turilgan. Poytaxt osmonida bir necha o‘nlab rus dronlari kuzatilgan.

Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko o‘tgan tundagi vaziyat haqida hisobot taqdim etgan. Unga ko‘ra, chorshanba kuni tonggi 6:30 ga qadar 30 dan ortiq rus dronlari yo‘q qilingan. Ushbu hujum Rossiyaning iyul oyi davomida Kiyevga amalga oshirgan yettinchi dron hujumi bo‘lgan.

Butun urush davomida dronlar yordamida Ukrainaga qilingan eng ommaviy hujumlardan biri sodir etildi. Hujumlar qaytarildi. Hozirgi vaqtdagi tezkor hisobotga ko‘ra, Kiyevda qurbonlar va yo‘qotishlar yo‘q”, degan Popko hodisa yuzasidan bildirgan munosabatida.

Rossiya davlat axborot agentliklari Ukrainada jang qilayotgan rus brigadalari tarqatgan bayonotlarga asoslanib xabar berishicha, dron hujumlari Ukraina bo‘ylab asosan bir qancha harbiy aeroportlar va harbiy omborlarga qaratilgan. Ruslar taqdim etgan versiyada hujum muvaffaqiyatli bo‘lgani ko‘plab omborlar yo‘q qilingani aytilgan.

Kiyev meri Vitaliy Klichko poytaxtga hujum bir nechta yo‘nalishdan amalga oshirilganini xabar bergan. Bu esa mudofaa tizimlari ishini qiyinlashtirgan.

Reuters manbasi guvohlarga tayanib xabar berishicha, kechasi havo hujumini qaytarishda foydalanilgan Ukraina havo-mudofaa tizimlarida portlashlar sodir bo‘lgan. Urib tushirilgan dronlar tartibsiz ravishda qulagani oqibatida ko‘plab inshootlarga zarar yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukraina poytaxtiga yirik dron hujumini amalga oshirdi