07:28 / 01.08.2024
43

Amerikalik erkak 34 yillik qamoqdan so‘ng oqlandi

Amerikalik erkak 34 yillik qamoqdan so‘ng oqlandi
Foto: AFP
52 yoshli amerikalik Kristofer Dann 34 yil hibsda o‘tirgach, qamoqdan ozod etildi. CBS telekanaliga ko‘ra, u aybsiz deb topilgan va undan barcha ayblovlar olib tashlangan.

1990 yil 18 mayga o‘tar kechasi 15 yoshli Rikko Rojers Missuri shtatining Sent Luis shahrida do‘stlari bilan ko‘chada yurganida otib o‘ldirilgan. Do‘stlaridan ikki nafari Dannga qarshi guvohlik bergan. Keyinroq guvohlardan biri Kristoferga ko‘cha to‘dasidagi raqibi bo‘lgani uchun tuhmat qilganini tan olgan. Ikkinchisi o‘z ko‘rsatmalarini bir necha bor o‘zgartirgan va keyinchalik o‘q otgan Dann ekanligini aniq ko‘rmaganini tan olgan.

Ayblanuvchining o‘zi jinoyat vaqtida onasining uyida bo‘lganini aytgan. Uning tanishlaridan biri u bilan o‘sha paytda onasining statsionar raqamini tergan holda telefonda gaplashganini tasdiqlagan. Ammo sud Danni aybdor deb topgan.

2024 yil 22 iyulda tuman sudi Danni zudlik bilan qamoqdan ozod qilishni buyurgan. Ammo Missuri bosh prokurori e’tiroz bildirgan va erkak panjara ortida qolgan. Ish shtat Oliy sudiga yetib borgach, erkakni ozod qilish kerakligini tasdiqlagan. Danning o‘zi ozodlikning bir haftalik kechikishini “qiynoq” deb atagan.

Ikki hafta oldin Missuri shtatida 64 yoshli Sandra Hemme aybsiz deb topilgan edi. U 43 yil umrini panjara ortida o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik erkak 34 yillik qamoqdan so‘ng oqlandi