11:15 / 01.08.2024
154

Dubay amirining islomni qabul qilgan grek qizi to‘yidan bir yil o‘tib ajrashganini e’lon qildi

Dubay amirining islomni qabul qilgan grek qizi to‘yidan bir yil o‘tib ajrashganini e’lon qildi
Deyarli bir yil oldin Dubay amirining qizi Mahraning to‘yi katta qiziqish bilan muhokama qilingandi, ammo hozir yangi xabar hammani hayratda qoldirdi: sohibjamol ajrashdi. U o‘z qarorini ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qildi.

Amirning “vaqtinchalik” ayolidan tug‘ilgan qizi

Mahra amirning rasmiy xotinidan emas, balki “vaqtinchalik” rafiqasidan tug‘ilgan qizi. Bunday nikohda er “vaqtinchalik” xotinini har tomonlama ta’minlaydi, ammo ayol erining puli va mulkini talab qilishga haqli emas. Ammo bu nikohni tuzishning ham shartlari bor: ikki guvoh ishtiroki, kuyovning kelinga mahr berishi va boshqalar. Mahraning otasi — amir Muhammad ibn Rashid Al Maktum (shuningdek, BAA bosh vaziri va mudofaa vaziri) o‘sha paytda rasman uylangan bo‘lsa-da, grek qiz Zoye Grigorakos bilan shunday “vaqtinchalik” nikohga kirgan. Amir va Zoyening nikohidan otasi doimo sevib, qo‘llab-quvvatlagan Kristina ismli qiz tug‘iladi. U onasi bilan Yevropada yashagan va otasi vaqti-vaqti bilan qizi bilan uchrashib, ularni moddiy jihatdan ta’minlagan. Qiz badavlat oiladan chiqqan yevropalik boladek katta bo‘lgan.

Kristina 16 yoshga to‘lgach, hammasi o‘zgaradi. U otasi bilan yashash uchun Dubayga keladi, ismini Mahraga o‘zgartiradi va islom dinini qabul qiladi. Bundan xursand bo‘lgan otasi unga qirollik unvonini beradi, katta boylik tayinlaydi.

Shov-shuvli to‘y

O‘tgan yili shayxa Mahra tadbirkor Man ibn Muhammad ibn Rashid bin Man Al Maktumga turmushga chiqadi. Yigit amirning uzoq qarindoshi hisoblanadi.

To‘y, tabiiyki, Dubayda nishonlanadi. Kelin brilliant marjonlari va mashhur dizaynerlarning libosi bilan hammani hayratda qoldiradi. Nikoh an’anaviy islom marosimiga ko‘ra bo‘lib o‘tadi. Kelin va kuyov baxtlidek edi — ikkalasi ham yosh, chiroyli, boy.

Aytishlaricha, yarim grek bo‘lgan Mahra islom an’analarini juda yaxshi ko‘radi va Dubayda yashash unga yoqadi. Yevropalik bo‘lgani uchun unga rasmiy tadbirlarda ro‘molsiz, sochlari yoyilgan holda chiqishiga ruxsat berilgan. Yaqinda, may oyida Mahra qiz farzand dunyoga keltirdi, qizaloqqa onasining sharafiga Zoye deb ism berishdi.

Eri va obunachilari uchun syurpriz

Biroq er-xotin ota-onalik sinovidan o‘tolmaganga o‘xshaydi. Yaqinda Mahra turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotgani ma’lum bo‘ldi. U buni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan. Qiz uch marta “Men siz bilan ajrashaman” iborasini yozgan. Qizig‘i shundaki, islomda bunday tarzda ajrashish haqida odatda (ijtimoiy tarmoqlar orqali emas, shaxsan) ayol emas, erkak kishi e’lon qiladi. Biroq Mahraning niyati qat’iyligiga shubha yo‘q: u eri bilan tushgan barcha rasmlarini o‘chirib tashlagan.

Mahraning yozganlariga asoslanib, eri unga xiyonat qilgani yoki boshqa xotin olishga qaror qilgani yoxud unga qiziqishni yo‘qotib, boshqalar yonida bo‘lishni afzal bilganini taxmin qilish mumkin.

Ajrashish haqidagi shov-shuvli postga qo‘shimcha ravishda Mahra qizalog‘i bilan birga tushgan fotosuratiga “Faqat ikkimiz” deb yozib qo‘ygan. Shu bilan birga, u va eri ijtimoiy tarmoqlarda bir-biridan “otpiska” qilgan.

Albatta, hozir yosh onaning otasi Dubay amiriga bu holatni jurnalistlarga tushuntirishi oson bo‘lmaydi, chunki uning oilasida doimo ayollar bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan.

Oilaviy muammolar

Bir necha yil oldin Mahraning o‘gay opa-singillari Amirlikda yashashni istamagan va Yevropaga qochishga harakat qilishgan. Otasining odamlari ularni kuch bilan uylariga qaytargan, hozirda ular haqida hech narsa ma’lum emas. Muhammad ibn Roshid Al-Maktumning oltinchi rafiqasi — Hayya ham ikki farzandi bilan Dubaydan qochib ketgan: amir ularni qaytarolmagan va sud orqali ajrashishga majbur bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay amirining islomni qabul qilgan grek qizi to‘yidan bir yil o‘tib ajrashganini e’lon qildi