14:57 / 01.08.2024
107

Pentagon rahbari: Isroil hujumga uchrasa, AQSH uni himoya qiladi

Pentagon rahbari: Isroil hujumga uchrasa, AQSH uni himoya qiladi
Foto: AP / Kevin Wolf
Qo‘shma Shtatlar Isroil hujumga uchrasa, uni himoya qilishga yordam beradi. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Filippindagi brifingda aytib o‘tdi.

Ostin Yaqin Sharqda yirik urush muqarrar ekaniga ishonmasligini aytdi. Uning qayd etishicha, Vashington mintaqada kuchayib borayotgan keskinlikni kamaytirishga intilmoqda.

«Men urushni muqarrar deb hisoblamayman. Diplomatiya uchun doim joy va imkoniyat borligiga ishonaman», — dedi Pentagon rahbari.

Tehronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga izoh berish so‘ralganda, u bu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga ega emasligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon rahbari: Isroil hujumga uchrasa, AQSH uni himoya qiladi