15:26 / 02.08.2024
97

Oddiy oiladan chiqib milliarder shayxlarning rafiqasiga aylangan 5 nafar ayol

Oddiy oiladan chiqib milliarder shayxlarning rafiqasiga aylangan 5 nafar ayol
Har bir qiz yoshligida haqiqiy malika bo‘lishni va saroyda yashashni orzu qiladi. Ulg‘aygach esa bu orzu bilan xayrlashishlari kerak, ammo ba’zi omadlilar ertakni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Raniya Al Abdulloh

Raniya qanday qilib shayxni maftun etish va unga turmushga chiqish haqida kitob yozsa ham bo‘ladi. U uchrashuvdan bor-yo‘g‘i 4 oy o‘tib, shahzodaga turmushga chiqadi. Raniya nafaqat 1999 yildan buyon Iordaniya qiroli bo‘lib kelayotgan shahzoda Abdullaning rafiqasi, balki ayollar huquqlari, jumladan, kiyim tanlash erkinligi uchun faol kurashchi hamdir. Raniyaning o‘zi kofta va jinsi shim kiyishni afzal ko‘radi — uning sevimli dizayneri Jorjio Armani. U ro‘molsiz ham omma oldiga chiqishi mumkin — u ayolni tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki aql-zakovati bilan baholash kerak, degan fikrda. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda, ayol internetda kanali va blogini boshqaradi. Sharq an’analariga zid bo‘lgan tamoyillari, qarashlari va xatti-harakatlariga qaramay, Raniya turmush o‘rtog‘i, o‘z xalqi va yevropaliklarning mehrini qozongan.

Uning yordami bilan zo‘ravonlikka uchragan bolalarga yordam ko‘rsatish uchun birinchi markaz quriladi. Shu bilan birga, bu nozik ayol Iordaniya armiyasining polkovnigi ham. Oddiy pediatrlar oilasida tug‘ilgan Raniya yoshligidanoq o‘qishga katta g‘ayrat ko‘rsatib, o‘zining qat’iyatliligi va irodaliligi bilan boshqalardan ajralib turgan.

Natalya Aliyeva

Minskda o‘tkazilgan o‘q otish musobaqasiga kelgan Dubay amirining jiyani Jismoniy tarbiya akademiyasining belaruslik talabasi bilan tanishib qoladi. Qiz o‘sha paytda 20 yoshda bo‘lib, ofitsiant bo‘lib ishlagan. Natalya Aliyeva tanishganlaridan bir necha kun o‘tgach, sportchi, milliarder va siyosatchi Said al-Maktumning rafiqasiga aylanadi. Erkak ham mukofotni, ham xotinini olib uyiga qaytadi. O‘sha paytda u allaqachon uylangan va 5 nafar merosxo‘ri bor edi. Shunday qilib, Natalya shahzodaning rasmiy ikkinchi xotini bo‘ladi va tez orada qizini dunyoga keltiradi. Oysha (Natalyaning islomiy ismi) bugungi kungacha Dubaydagi saroyda yashaydi. Uning sevimli uy hayvoni ko‘pchilik ayollar kabi mushuk emas, balki geparddir.

Fotima Kulsum Zohar

Qanday qilib oddiy oiladan bo‘lgan qiz Saudiya Arabistoni qirolining qalbini zabt etib, uning rafiqasiga aylangani haqidagi sir haligacha ochilmagan. Faqat bitta narsa ma’lum: eri unga o‘z xonalarida uxlash huquqini bergan. Undan oldin hech bir xotin yoki haramning birorta kanizagi bunday siylovga erisha olmagan. Qirolichaning davlatning ijtimoiy va siyosiy hayotiga hech qanday aloqasi yo‘q, lekin uning vazifasiga xayriya markazlarini tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Fotima o‘zining shaxsiy blogi va Facebook sahifasini yuritadi, u ba’zan obunachilari bilan shaxsiy fotosuratlarini baham ko‘radi.

Shayxa Moza

Qatarning amaldagi hukmdorining onasi amirning ikkinchi xotini hisoblanadi. Uning kamtarona nasl-nasabi Qatar shahzodasining xotini bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Shayxa Moza ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bajonidil muloqot qiladi va turli darajadagi bir nechta lavozimlarni egallaydi. Bunday faol va xilma-xil hayotiy pozitsiya uni boshqa Sharq malikalaridan sezilarli darajada ajratib turadi.

Ba’zi siyosatchilar u haqda faqat erkaklar jiddiy qabul qilinadigan mamlakatda inqilobni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan ayol sifatida gapirishadi. Eri hokimiyatdan ketib, o‘g‘li davlat tepasida turgan bugungi kunda ham Moza nafaqat o‘z mamlakatida, balki butun dunyoda o‘ta nufuzli ayol. Unga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q, chunki u og‘ir ish yukiga qaramay, bolalariga juda ko‘p vaqt ajratadi.

Lalla Salma

Lalla Marokashda oddiy maktab o‘qituvchisi oilasida tug‘ilgan. U 3 yoshga to‘lganda, onasi vafot etadi — qiz va singlisini tarbiyalash buvisiga qoladi. Lalla yoshligidanoq muhandislikka qiziqqan. O‘qish va amaliyotini tugatgan qiz muhandis bo‘lib ishlay boshlaydi. Lalla Salma bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, Marokash qiroli Muhammad VI bilan yopiq kechalarning birida tanishadi.

Lalla tez-tez xalqaro tadbirlarda qatnashadi va matbuot uning kiyinishdagi uslubini bir necha bor qayd etgan. O‘z vatanida u mehribon inson sifatida tanilgan. Lalla ikki farzandning onasi, turli xayriya tadbirlari va fondlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oddiy oiladan chiqib milliarder shayxlarning rafiqasiga aylangan 5 nafar ayol