
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Jo Bayden hali ham tirik ekanligiga shubha bildirdi. U ijtimoiy tarmoqdagi tegishli postga izohda buni aks ettirdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Bayden so‘nggi paytlarda kamdan kam hollarda omma oldida paydo bo‘lishini ta’kidladi. U Oq uy rahbari tirik yoki yo‘qligini so‘radi. Mask bu postga javob berib, yelka qisayotgan erkakning emojisini joylashtirdi.

Ilon Maskning sahifasidan skrinshot
Bir necha haftadan beri Qo‘shma Shtatlarda Baydenning o‘limi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda. Iyul oyida Bayden jamoatchilik nazaridan g‘oyib bo‘lgandi.
Avvaliga u prezidentlik poygasidan chiqishini shaxsan emas, balki ijtimoiy tarmoqlardagi xabari orqali e’lon qildi. Biroq keyinroq prezident samolyot trapidan chiqib ketayotgani aks etgan video ommaga namoyish etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar