11:02 / 04.08.2024
87

AQSH va Isroil hafta boshida Eron hujumini kutmoqda

AQSH va Isroil hafta boshida Eron hujumini kutmoqda
Foto: AP
AQSH va Isroil rasmiylari mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Eron dushanba kuni Isroil hududiga zarba berishi mumkinligini taxmin qilmoqda, deya Axios xabar berdi.

Uch nafar amerikalik va isroillik rasmiy Eron 5 avgust kuniyoq Isroilga hujum qilishini kutishayotganini aytdi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Falastinning HAMAS harakati Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgan Tehrondagi qarorgohiga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba natijasida harakat rahbari Ismoil Haniya halok bo‘lganini e’lon qilgandi.

Harakat Haniyaning o‘limida Isroil va AQSHni ayblab, hujum javobsiz qolmasligini ta’kidlagan. Pentagon rahbari Lloyd Ostin HAMAS siyosiy byurosi rahbarining o‘limi va bunga Isroilning aloqadorligini izohlamasligini aytgan. Isroil armiyasi Haniyaning o‘ldirilishi haqidagi OAVning xabarlariga javob bermagan. Jerusalem Post nashriga ko‘ra, Isroil hukumati vazirlarga HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi haqida gapirmaslikni buyurgan.

Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Tehronda Haniyaning o‘ldirilishiga javoban Isroilga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishni buyurganini da’vo qildi, deya o‘z manbalariga tayanib, Nyu York Times xabar bergan.

Keyinroq Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Irvani Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Tehron xalqaro qonunlarga rioya qilgan holda Haniyaning o‘ldirilishiga javob qaytarish huquqini saqlab qolishini ma’lum qilgan. U, shuningdek, AQSH razvedkasi Isroilni qo‘llab-quvvatlamaganida, qotillik sodir bo‘lmasligini ta’kidlagan. Eronning BMTdagi missiyasi Xavfsizlik Kengashidan Isroilga qarshi bosqinchilik harakatlari uchun sanksiyalar joriy etishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Isroil hafta boshida Eron hujumini kutmoqda