
Foto: Associated Press
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp oʻzining demokrat raqibi Kamala Harrisning 4 sentyabr kuni oʻtkaziladigan debatda qatnashishni istamasligini uning “IQ darajasi past” ekanligini bilan izohladi.
Avvalroq AQSh vitse-prezidenti, demokrat Kamala Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi Donald Trampning 4 sentyabr kuni Fox News telekanalida debat oʻtkazish taklifini rad etgan edi.
"Kamala Harris menga qarshi 4 sentyabr kuni Pensilvaniyada rejalashtirilgan haqiqiy debat oʻtkazishga aqliy salohiyatga ega emas. U telepromtersiz toʻgʻri gapira olmaydi. Uning IQ darajasi nihoyatda past", deb yozdi Tramp oʻzining Truth ijtimoiy tarmogʻida.
Respublikachining soʻzlariga koʻra, vitse-prezident Fox News telekanalidagi munozaraga kelishdan qoʻrqadi, chunki u ochiq chegaralar siyosatini, inflyatsiya va amaldagi prezident Jo Baydenning ma'muriyatini tavsiflovchi AQSh Federal zaxira tizimining yuqori asosiy stavkasini himoya qila olmaydi.
Trampning fikricha, Harris kabi nomzodlar bilan Qoʻshma Shtatlar dunyodagi oʻz buyukligini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmaydi.
Tramp va Harris bir necha haftadan beri bahsning sanasi va kanali borasida kelisha olmayapti. Bahslarning ikkinchi raundi dastlab 10 sentyabr kuni ABC telekanalida boʻlib oʻtishi kerak edi. Oʻshanda rejalar AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning ishtirokini oʻz ichiga olgan edi.
Shu munosabat bilan Tramp avvalgi kelishuvlar oʻz ahamiyatini yoʻqotganini aytib, ABC telekanalini demokratlarga yonbosishda va soxta xabarlar tarqatishda ayblagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar