16:23 / 04.08.2024
28

Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin 2000 nafar namoyishchi hibsga olindi

Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin 2000 nafar namoyishchi hibsga olindi
Foto: AP
Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin 2000 nafar namoyishchi hibsga olindi, deya Deutsche Welle xabar berdi.

"Bizda 2000 mahbus bor va biz ularni maksimal xavfsizlik qamoqxonalari Tokoron va Tokuyitoga jo‘natamiz", dedi Venesuela rahbari Nikolas Maduro o‘z tarafdorlarining Karakasdagi mitingida.

U namoyishchilarni “jinoiy hujumlarda, pistirmalarda, tartibsizliklarda” ayblagan. Shuningdek, u saylovlardagi raqibi Edmundo Gonsales qochib ketgani va o‘zini prezident deb e’lon qilishdan qo‘rqayotganini aytgan.

Markaziy saylov komissiyasi Maduroni o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan saylovlarda 51,2 foiz ovoz bilan g‘olib deb e’lon qilganidan keyin mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Muxolifat o‘z nomzodi Gonsales ko‘p ovoz bilan g‘alaba qozonganini ta’kidlagan. Qo‘shma Shtatlar Gonsalesni saylov g‘olibi deb tan olgan va Lotin Amerikasining ko‘plab davlatlari ovozlarni qayta sanashga chaqirgan.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Venesuelada hukumat qo‘shinlari bilan birga Rossiyaning “Vagner XHK” kompaniyasining yollanma askarlari ham borligi haqidagi xabarlardan xavotir bildirgan.

"Bu bezorilar qayerga bormasin, ular o‘lim va beqarorlikni keltirib chiqaradi, bu Rossiyaning boshqa mamlakatlarning ishlariga aralashuvi, shuningdek, dunyo bo‘ylab vayronagarchiliklar keltirib chiqarishga odatlangan strategiyasining yorqin namunasidir", deydi Ukraina rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin 2000 nafar namoyishchi hibsga olindi