date
views 181

Aktyor Vin Dizel kutilmaganda Germaniyadagi to‘yga tashrif buyurib, kelin-kuyovni xursand qildi

Aktyor Vin Dizel kutilmaganda Germaniyadagi to‘yga tashrif buyurib, kelin-kuyovni xursand qildi
Foto: Deadline
57 yoshli amerikalik aktyor Vin Dizel Germaniyada to‘y munosabati bilan suratga tushayotgan yoshlarni tabriklash uchun to‘xtab o‘tdi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Myunxen ko‘chalaridan birida yangi turmush qurgan juftlik to‘y libosida suratga tushayotgan vaqtda to‘satdan ularning yonida limuzin to‘xtadi. Mashinadan tushgan haydovchi ularni bir inson tabriklamoqchi ekanini aytdi.

Foto: Daily Mail
Bir necha soniyadan so‘ng Vin Dizel ularning qarshisida turgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor yangi film suratga olish uchun Germaniyaga tashrif buyurgan. Mashinada ketayotib aktyor juftlikni ko‘rib qolgan va ular bilan suratga tushishga qaror qilgan.

Foto: Daily Mail
Xursandchilikdan hayratda bo‘lgan er-xotin Dizelning tashrifi bayram uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘lganini aytdi va ijtimoiy tarmoqlarida kutilmagan uchrashuvdan lavhalar bilan bo‘lishdi. TikTok'dagi video internetda bir zumda tarqaldi va bir necha kun ichida to‘rt milliondan ortiq marta ko‘rildi. Vin Dizelning bu harakati millionlab muxlislar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Vin Dizel — amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuserdir. U One Race Films, Racetrack Records, Tigon Studios kabi kompaniyalar asoschisi. 2002 yilda u “Forsaj” filmidagi Dominik Toretto roli uchun MTV kanalining “Eng yaxshi ekran jamoasi” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Vin Dizel kutilmaganda Germaniyadagi to‘yga tashrif buyurib, kelin-kuyovni xursand qildi