12:29 / 05.08.2024
1 166

Zelenskiy Rossiya bilan mojaro haqida kutilmagan bayonot berdi

Zelenskiy Rossiya bilan mojaro haqida kutilmagan bayonot berdi
Foto: RBK
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatga qo‘shni davlatlar Moskvaning ehtimoliy reaksiyasi tufayli Rossiya raketalarini urib tushirishdan qo‘rqishini ma’lum qildi, deya “Strana.ua.” xabar berdi.

Zelenskiy hamkorlar “ortiqcha keskinlashuvdan qo‘rqishlarini” aytdi, biroq Kiyev bu mavzuni ko‘tarish niyatida, deyiladi xabarda.

Ukraina rahbari bu bir davlat uchun juda katta mas’uliyat yuklashi sababli, davlatlar koalitsiyasi zarurligini ta’kidlagan. Uning da’vo qilishicha, Ukraina qo‘shni davlatlar bilan Ukraina hududi uzra Rossiya raketalarini urib tushirish imkoniyatini muhokama qiladi.

Shu bilan birga, nashr NATOning yetakchi davlatlari (AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniya) rahbarlari, shuningdek, alyans bosh kotibi NATO davlatlari mojaro ishtirokchisiga aylanmaslik uchun Rossiya raketalarini urib tushirmasligini ta’kidlaganini eslatib o‘tgan.

Rossiya tomoni Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit berayotgani, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilayotgani va “o‘t bilan o‘ynashayotganini” bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning qayd etishicha, Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Moskva uchun qonuniy nishonga aylanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Rossiya bilan mojaro haqida kutilmagan bayonot berdi