145
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga va’da berdi
Foto: rg.ru
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp saylovda yutib chiqadigan bo‘lsa, Putin va Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil etishga va’da berdi. Bu haqda AQSH mahalliy nashrlariga tayanib, “Pravda” xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Donald Tramp amerikalik jurnalist Odin Rossga intervyu bergan. Intervyuda sobiq prezident Ukraina va Rossiya rahbarlarini yuzma-yuz muzokaraga olib kelish rejasini aytib o‘tgan.
Tramp uning hokimiyati Putinni ham, Zelenskiyni ham harbiy harakatlarni to‘xtatishga unday olishini aytgan. Bunga sabab sifatida esa Tramp Rossiya prezidenti bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini keltirgan.
“Agar saylovda g‘alaba qozonsam, birinchi navbatda Putin bilan bog‘lanaman, keyin esa Zelenskiy bilan. Men ularning ikkalasini ham yaxshi bilaman va muzokaralar boshlashga unday olaman”, degan AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod.
Donald Tramp ikki raqib davlat rahbarini qay tariqa muzokara stoliga olib kelishi mumkinligini aytmagan. Jurnalistning batafsil ma’lumot berishni so‘rab qilgan murojaatlari javobsiz qolgan.
Donald Tramp avval ham Oq uyga qaytgandan so‘ng Ukraina mojarosiga tezda yakun yasashi haqida bir necha bor aytgan. Biroq qanday ssenariy asosida bunga erishishini ma’lum qilmagan. The Washington Post nashrining yozishicha, Tramp Kiyevga Qrimning Rossiya tarkibiga kirishini, shuningdek, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari Moskva ta’sir ostida ekanligini tan olish uchun bosim o‘tkazish niyatida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi