13:00 / 07.08.2024
88

AQSHda Eron buyurtmasi asosida Trampni o‘ldirishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olindi

AQSHda Eron buyurtmasi asosida Trampni o‘ldirishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olindi
Foto: newsweek.com
AQSHda Eron bilan aloqa qilib, buyurtma asosida Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirishga uringan pokistonlik erkak hibsga olingan. Bu haqda Al Arabiya nashri G‘arb manbalariga tayanib, xabar berdi.

6 avgust kuni AQSH Adliya vazirligi erkak hibsda ekanligini va uning ustidan sud jarayoni boshlanishini ma’lum qilgan. Pokistonlik erkak Trampdan tashqari yana ko‘plab amerikalik siyosatchi va hukumat amaldorlariga ham suiqasd uyushtirishni maqsad qilgan.

To‘plangan dalillarga ko‘ra, 46 yoshli Osif Raza Merchant 2020 yilda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IRGS) oliy qo‘mondoni Qosim Sulaymonning AQSH tomonidan o‘ldirilishi oqibatida qasos olish uchun AQSHga kelgan. Bu yerda u jinoiy guruh yollashga kirishgan.

Amerikalik prokurorlar Osif Raza Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirib kelishdan oldin Eronda bo‘lganini aniqlagan. U, shuningdek, Nyu Yorkning Bruklin okrugida buyurtma orqali bir fuqaroni o‘ldirishda ham ayblanmoqda.

Yillar davomida Adliya vazirligi Eron generali Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun Amerika davlat amaldorlaridan o‘ch olish bo‘yicha Eronning qo‘pol va tinimsiz harakatlariga qarshi agressiv tarzda kurash olib bormoqda”, deya holatga munosabat bildirgan Bruklin okrugi bosh prokurori Merrik Garland.

Hibsga olingan shaxsni so‘roq qilgan rasmiylar bergan ma’lumotga qaraganda, Sulaymoniyga hujumni ma’qullagan sobiq prezident Donald Tramp hamda boshqa amaldagi va sobiq hukumat amaldorlari jinoiy uyushmaning nishonlari bo‘lgan. Guruh hozirga qadar qanday harakatlar sodir etgani va AQSHda qancha a’zolari borligi noma’lum.

Adliya vazirligi matbuot kotibi tergov va sud jarayonlari yuzasidan qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortgan. Trampning prezidentlik kampaniyasidan ham holat bo‘yicha munosabat olishning imkoni bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Eron buyurtmasi asosida Trampni o‘ldirishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olindi