14:59 / 07.08.2024
93

Amerikaliklarning katta qismi Isroilni himoya qilish uchun qo‘shin yuborishga qarshi

Amerikaliklarning katta qismi Isroilni himoya qilish uchun qo‘shin yuborishga qarshi
Foto: AP
AQSHda so‘nggi o‘tkazilgan so‘rovnomalar mamlakat aholisining katta qismi Isroilni Eron va “Hizbulloh” hujumidan himoya qilish uchun qo‘shin jo‘natishga qarshi ekanligini ko‘rsatgan. Bu haqda G‘arb nashrlariga tayanib, Al Arabiya manbasi xabar berdi.

6 avgust kuni o‘tkazilgan so‘rovnomalarda amerikaliklar faol qatnashgan. So‘rovnomadan olingan natijalar esa fuqarolar hukumatning Isroilni himoya qilish kampaniyasiga qarshi murosasiz kayfiyatda ekanini ko‘rsatgan.

Umummilliy so‘rovnoma Chikago shahridan boshlangan. Uni “Global masalalar bo‘yicha kengash” tahlil markazi tashkil etgan va butun mamlakat miqyosida yoyilishini ta’minlagan. Jarayonlar 2024 yilning 21 iyunidan 1 iyulga qadar davom etgan.

So‘rovnomada qatnashganlarning 56 foizi Isroilni himoya qilish uchun Amerika qo‘shinlaridan foydalanishga qarshi chiqqan, 42 foiz holatda esa fuqarolar mamlakatning Yaqin Sharqdagi manfaatlarini himoya qilish uchun Isroilni himoya qilish zarurligini ta’kidlagan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni HAMAS hujumiga javoban Isroilning G‘azoni bombardimon qilishi amerikaliklar ichida Tel-Avivga nisbatan xayrixohlikni kamaytirgan. Fuqarolarning katta qismi agressiya uyushtirayotgan davlatga yon bosish uning jinoyatiga sherik bo‘lish ekanini ma’lum qilgan.

Boshqa tomondan, so‘rovda qatnashganlarning taxminan 54 foizi Falastin va Isroil tinchlik kelishuviga erishishi uchun AQSH kuchlarining G‘azoga kirishi zarurligini istisno qilmagan. Ammo bu kuchlar Isroilga yon bosmasligi, HAMASga qarshi kampaniyada qatnashmasligi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Yaqin Sharqqa Amerika harbiy texnikalari va kuchlari yuborish davom etmoqda. Bundan asosiy maqsad esa Eron va unga ittifoqchi kuchlarning Isroilga qarshi hujumlariga tayyorgarlik ko‘rish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaliklarning katta qismi Isroilni himoya qilish uchun qo‘shin yuborishga qarshi