17:30 / 07.08.2024
29

Ilon Mask X tarmog‘ini boykot qilayotgan kompaniyalarga qarshi urush e’lon qildi

Ilon Mask X tarmog‘ini boykot qilayotgan kompaniyalarga qarshi urush e’lon qildi
Foto: “RBK”
Milliarder Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ini boykot qilayotgan kompaniyalarga qarshi urush e’lon qildi. Bu haqda Global USA News nashri ma’lum qildi.

Milliarder ijtimoiy tarmog‘iga boykot e’lon qilgan kompaniyalar ustidan dastavval shikoyat qilmagani, balki vaziyat izga tushishini kutganini aytgan. Ammo bunday kompaniyalar soni orta boshlashi tabiiy ravishda X boshqaruv rahbariyatini tashvishga solgan.

"Biz ikki yil davomida tinchlik o‘rnatishga harakat qilib keldik. Ammo endi chinakamiga urush boshlandi", deb yozgan Ilon Mask X'dagi sahifasida.

Ijtimoiy tarmoq bosh direktori Linda Lakkarino Global Alliance for Responsible Media (GARM), Mars, Unilever kabi kompaniyalar, shuningdek, World Federation of Advertisers (WFA) birlashmalari ustidan monopoliya ishi bo‘yicha da’vo kiritilganini ma’lum qilgan. Ushbu tashkilotlar noqonuniy tarzda X'ni boykot qilishga uringan hamda tarmoqqa reklama berishni to‘xtatgan.

Linda Lakkarino, ushbu tashkilotlar va ular rahbariyatining “noqonuniy harakatlari” X tarmog‘iga milliard dollarlik zarar olib kelganini aytgan. Endilikda esa kompaniya zararni qoplash va boykotni yechish harakatiga tushgan.

Avvalroq AQSHdagi Walt Disney, Apple va Sony Pictures kabi kompaniyalar ham X'ga reklama berishni to‘xtatgan edi. Bunga sabab sifatida esa Ilon Maskning tarmoqda kompaniyalar faoliyatini tahqirlovchi postlar qoldirgani keltirilgan.

Millarder o‘ziga qarshi bo‘lgan kompaniyalarning barchasiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishga va’da bergan. Sud ishida yutib chiqish va zararni qoplash uchun bor diqqat-e’tiborini qaratishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask X tarmog‘ini boykot qilayotgan kompaniyalarga qarshi urush e’lon qildi